TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #645 1.62K
Bloomberg HQ

Kecha Javohir Bloomberg Bosh ofisini aylantirib chiqdilar.

Yurtdoshlarimiz bunday katta korxonalarga ishga kirishlari quvonarli xolat. Kelganlariga 1 hafta boʻlgan boʻlsa ham tashrif qilish uchun chaqirdilar. Ofisni barcha 8 qavatini aylanib chiqdik.

* Bino arxitektura boʻyicha juda koʻp mukofotlar sovrindori.
* Bloomberg binosi Open Space shaklida ishlashga moslab qurilgan. Xonalar yoʻq, hamma bitta katta xonada ishlaydi.
* 5-6 ta video va audio studiolarini koʻrdik. Kichik studiodan boshlab, bitta sahna uchun 30-40 ta kamera va chiroq ishlatiladigan studiolargacha.
* Terminal (MDI) asosida ishlab chiqilgan ish joylari har bir xodim istalgan qavat va joydan ishlashi mumkin qilingan. Login/parol terasiz va ish joyingiz boshqa stolga oʻtib qoladi. Hatto IP telefonia ham.
* Qavatlar ranglar bilan ajratilgan. Kutibxona, dam olish xonasi va ibodat xona kabi maxsus joylari bor.

Geografiya fanini yaxshilab oʻrganing, binoda yurganingizda Shimoliy lift, Gʻarbiy kutubxona, Janubiy tomondagi stoldaman, - kabi soʻzlarni eshitishingiz mumkin.

Bino London markazida joylashgani uchun derazadan London City'ning tarixiy binolari koʻrinib turadi. Doim turistlar kelib, tomosha qiladigan manzara oldida ishlab oʻtirasiz.

6-qavat. Hamma shu yerni yaxshi koʻrar ekan. Hatto lift birdaniga 6-qavatga olib chiqar ekan. Boshqa qavatga chiqish uchun liftga alohida aytishingiz kerak. 🍫

Bu qavatda taomlanish boʻlimi joylashgan boʻlib, ixriyoriy vaqt ochiq: choy, kofe, shirikliklar, meva kabi narsalarni olishingiz mumkin. Ertalab ishga kelib, nonushta qilishga rosa zoʻr joy ekan.
Oʻzbekmiz-da, mehmon kelsa avval taom qoʻyamiz. Jaa biza bop joy ekan.

Bino markazidagi zinapoya barcha qavatlarga piyoda chiqish uchun moslangan. Eng muhim jihati barcha boʻlim xodimlari shu yerdan yurib, bir-biri bilan tanishishi uchun qilingan ekan.
Qizziq-a, bitta domda turib, qoʻshningiz kim ekanini bilmaysiz. Huddi shunday hajmdagi katta ofisda esa barcha qavat odamlarini tanib olish mumkin. (Bu haqida alohida yozsam kerak.)

Corporate culture - korxona madaniyati juda ajoyib tashkil etilgan. Buni oʻrganib, Oʻzbekistonda ham tadbiq qilishimiz kerak jihatlari bor.

Hulosa qilsam, sayyohat juda unumli bo`ldi. Javohirga alohida rahmat!

Berlindan kelib Londonni aylantirgan IT mutaxassisi.

@DrAlgorithm
  • ⚡ 14
  • 👍 9
  • 🔥 3
  • 👨‍💻 2
  • 🤩 1
  • 🏆 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →