Bloombergda 1 hafta
- Bu yil Data departmentga 7 ta intern olinibdi. 3 ta Amerika, 2 ta London, 1 ta Germaniya, 1 ta O'zbekistondan, ko'pchilikda background - Data Science yoki Mathematics
- Men "Company financials & Bloomberg Intelligence" bo'limiga qo'shildim, asosiy ish - Data Engineering va Business Intelligence, jamoadoshlarim Amerika va Londondan ishlashadi
- Ofis juda katta, 8 qavat, maydoni 100 ming metr kv - 2 ta bunyodkor stadioni. Narxi $1 mlrd 200 mln, taqqoslash uchun Nest Onega ~$200 mln ketibdi. Ertalab nonushta beriladi, snacklar, meva, kofe va sharbatlar VIP.
- Kompaniya deyarli hamma servislarni o'zlari "in-house" yasab chiqishgan, masalan cloud, github, GPT, database va hkz.
- Internship faqat ish emas, networking eventlar, hayriya loyihalarida qatnashish, expertlar bilan 1:1 suhbatlar ni ham o'z ichiga oladi.
Hozircha shunaqa gaplar
Post #130
2.25K





- 🔥 29
- 👍 10
- ⚡ 6
- ❤ 3