TGViewer
Javohir Fikrlar Javohir Fikrlar @javokhir_notes · 1.37K subscribers
Post #388 2.76K
Gitara chalish uchun endi gitara chalishni bilish shart emasmi?

deyarli hammada shunaqa holat bo'lgan : miyyada qanaqadir zo'r musiqa yoki ritm keb qoladi, keyin bir kuni do'stimizni uyiga kelsak yoki gitara yoki piano turgan bo'ladi, o'zimizcha gitarani chalib usha musiqani chiqarishga harakat qilamiz, lekin negadir og'zimizdan chiqib turgan tiring tiring musiqani ritmi gitara chalyatgan tovushlarga hech mos kelmaydi 😅

huddi shunday qolgan sohalardayam biz hohlagan miyyadagi talantlarni chiqarish uchun qandaydir odam yaratgan X tool, vositalar to'siq bo'ladi

masalan, system designlarni va boshqa fundamental bilimlarni zo'r biladigan mutaxassis yaxshi IT produkt qilish uchun nega Python, C++ va Javascript degan texnologiyalarga cheklanishi kerak?

zo'r uy dizaynini chizmoqchisiz, lekin negadir AutoCad degan vositalarni bilishiz kerak? lekin nimaga? Maqsad Autocadni yaxshi bilish emas yaxshi dizayn chizish emasmidi?

data larni zo'r analiz qilib qayerda muammolar borligini topmoqchisiz lekin databazadan ma'lumotlarni olish uchun negadir SQL degan vositani bilish kerak

zo'r o'yin yasash keb qoldi hayolga, lekin bunga Unity, 3d modeling degan narsalarni o'rganishim kerak, nega?

fikrimni zo'r visualizatsiyalar va infografikalar bilan tushuntirib bermoqchiman, lekin nimaga bunga PowerPoint yoki Photoshoplarni bilishim kerak?

bir Nicaragualik qizga sevgimni izhor qilmoqchiman, lekin nimaga ispan tilini bilishim blocker bo'lish kerak? muhimi sevgini qanaqa kuchliligi emasmi?

zo'r video yoki multik qilish fantaziyasi bor lekin nimaga video montaj vositalar meni fantaziyamni cheklashi kerak ?

Ingliz tilida "taste" degan so'z bor, buni "did" deb tarjima qilaylik mayli, hullas jamiyatga bir zo'r narsa taqdim qilish uchun odatda 2 ta narsa kerak - taste va usha qaysidir vositani bilimi, Picassoday san'atni tushunsangiz ham lekin kraskalar bilan qanday ishlashni bilmasangiz befoyda, va buni hisobiga jamiyat o'rta miyona san'atni tushunganlarni rasmlariga to'lib ketdi chunki ular kraskalar bilan ishlashga ko'proq e'tibor berishga majbur

endi mana shu AI shu to'siqlarni asta-asta yo'qotyabdi, endi gitarani chalishni bilish bilan ajralib turishingiz qiyin, endi sizga rostdan san'atkorni didi va his qilishi kerak, gitarani AI chalib beradi, ko'ramiz endi hamma "dirijyor" bo'lib ketarmikan...
  • ⚡ 16
  • 👍 7
  • 💯 7
  • ❤ 1
  • 👏 1
More from @javokhir_notes
  1. Jul 7, 2026Hayotda ancha, anchaa foydasi tegadigan lekin biz unchalik mensimaydigan ko'nikmalar - yoz…
  2. May 27, 2026Qurbon hayiti muborak bo’lsin 😘🥰🥰
  3. Apr 10, 20261-2 hafta oldin ustoz Hasanxon domla bilan Oxfordga safar qilib keldik yaqindan gaplashark…
  4. Mar 20, 2026Eid muborak bo’lsin 🌙 Ko’p ko’p hayitlik, zakot beradiganlardan qilsin 🙂 🤲
  5. Mar 4, 2026Na’jot ta’lim va AICA dagi tadbirlarda juda qiziq savollar va mavzular bo’ldi, iloji boric…
  6. Feb 27, 2026🚀 AICA совместно с Yoshlar Ventures запускает серию оффлайн-митапов и профессиональных вс…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →