Rahbar sifatida jamoangiz ichida shaffoflikni yoʻlga qoʻying.
Loyihani bajarish vaqti va sifati, muammo kam chiqishi, moliyaviy ziyon boʻlmasligi majburiyatini siz olgansiz.
Shaffoflik orqali siz har bir xodimingiz duch kelgan muammo, kechikish va boshqa sabablardan xabardor boʻlib turasiz. Buni jamoangiz ochiq ayta olishiga oʻrgating.
Oʻzingiz ham toʻgʻri qabul qilishni oʻrganing.
Junior vazifasini qila olmasa yoki kechiksa darrov jazolash yoki moliyaviy qisqartirishga shoshilmang. Ahir siz muammo haqida xabar topdingiz. Agar darxol (shu ondayoq) muammo yasash odatingiz boʻlsa, xodimlaringiz sizga kamchiliklarni aytmay qoʻyadi. "Rosa foyda" boʻlsa kerak-a?
Middle buzib qoʻydi, 1 oylik ishni oʻchirib yubordi. Jazolash emas bu holat (risk) nima uchun hisobga olinmagan va nima uchun bartaraf etish jarayoni ishlab chiqilmagan, shu haqda bosh qotiring.
Maqsadingiz shaffoflik orqali vaʼda qilgab ishingizni vaqtida bajarish boʻlsin.
Jamoa ochiq (shaffof) gaplashib, muammolarni hali kichik vaqtida rahbariga yetkazsa, rahbar ham umumiy ishni toʻgʻri baholay oladi.
CTOning vazifasi shu shaffoflikni jamoada paydo qilish.
@DrAlgorithm #cto