CTO lardan biri optimizm (ijobiy baho berish) haqida gaplashganda, oʻzi ishlagan CEOlaridan birining gapini esladi. CEOsi aytar ekan:
Mani vazifam oʻyogʻimni gazga bosish,
Sani vazifang esa, oʻyogʻingni tormozda ushlash, - deb.
Albatta, birdaniga hamma narsani yomonga yoʻymang, hammasining asosi bor.
Tahlilchi odam eng yomon holatni baholay oladi. Eng yomon boʻlganda nima sodir boʻlishini koʻra oladi. Uni oldini olishni oʻylay oladi. Masalaning mohiyati ham shunda. Biror loyiha qilganda, unga harajat qilar ekansiz, eng yomon holatda nimani yutkazishingizni bilishingiz kerak.
Masalan, agar oʻziz tikkan pulga kuysangiz bu muammo emas.
Agar mijoz pulini qaytara olmasangiz, bu fojea.
Shunday ekan doiradan tashqari fikrlashni oʻrganing yoki shunday xodim toping. Risklarni oldindan baholang va sodir boʻlmaslik chorasini koʻrib qoʻying.
Siz sababli mijoz kartasidan pul yoʻqolmasin, tizim oʻchib qolmasin, xizmat turi menyudan yoʻqolib qolmasin. Yer tagida ilon qimirlaganini bilishganidek tizimning ichida nima boʻlayotganini his qiling.
Tormozlar dunyoda koʻp, siz unday emassiz.
@DrAlgorithm #cto