TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #537 963
Jakhongir Rakhmonov - IT Manba: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust 📱 @jakhonrakhmonov 🤝 Muallifni qo‘llab-quvvatlash
Jamiyat uchun foydali

Maqolani o`qib mazza qildim. Juda ko`pchilik tushunmasdan talashadigan tillar jangiga chiroyli javob bo`lgan. Undan ham muhimi tillarning mihiyati va GC tushunchalarini muammoli tushuntirib berilgan.

Shu o`rinda bir fikr kelib qoldi. Ko`pchilik maqolalarni rus tilida o`qiydi. Yana ham ko`pchilik umuman o`qimaydi, chunki faqat o`zbek tilini biladi.
Aslida bunday foydali maqolalar ko`p. Ko`p kitob o`qishga qiziqqanlar yaxshi bilishadi.

Ma'lumotli bo`lish uchun quyidagi usul bor:
1. Ketma-ket soha maqolalarini o`qishni boshlaysiz. Tanlamasdan.
2. Qaysi maqola foydali, qaysi maqola ko`chirilgan, qaysi maqola takrorlandi tahlil (analiz) qilish ko`nikmasi shakllanadi. Endi tanlashni boshlaysiz.
3. Faqat sara maqolalar beriladigan manbalarga a'zo bo`lasiz. Sara maqolalarni o`qishni boshlaysiz. 2-3 kun orqada yurishingiz mumkin. Lekin 5 ta maqola o`qishdan ko`ra, 1 ta sini o`qib vaqt tejagan bo`lasiz.
4. Maqolalarni yig`ib, jamiyatga ulashishni boshlaysiz. Afsuski hamma ham siz o`qigan tilni (rus, ingliz, fors, ispan, arab, yapon) bilmagani uchun o`qiy olishmaydi.
5. Jamiyatga foydali bo`lish uchun maqolalarni o`zbek tiliga tarjima qilib, ulashishni boshlaysiz. Tushunasiz-ki, o`qigan 30-40 ta maqoladan faqat bittasini tarjima qila oldingiz. Afsus...

Shu yerga kelganda manga bir fikr kelib qoldi.
Balki yaxshi maqolalarni yig`ishni boshlasak. Kimdur ularni tarjima qilishga yordam berar?

Nima deb o`ylaysiz. Sizda ham shunday bo`ladimi? Agar shunday guruhni topsam, siz ham qo`shilgan bo`larmidingiz?

@DrAlgorithm | #maqola
  • 👍 21
  • ⚡ 3
  • 👎 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →