Faraz qiling sizni IT manager (CTO) sifatida ishga olishmoqchi. Sizning yordamingizda korxonani $2mlnʼdan $10mlnʼga olib chiqishmoqchi. Sizni ishga olish uchun suhbat (interview) qilishmoqda. Sizning harakatingiz va soʻzingiz:
- Yaxshi, men shu yerda ekanman, texnologiya sizning oʻsishingiz uchun toʻgʻri ishlashini taʼminlayman, - deb aytishingiz mumkin.
Lekin bu gapni kichik CTO gapirsa yarashadi. Senior CTO bunday deydi:
- Demak, men sizni $2mlnʼdan $10mlnʼga olib chiqishga yordam beruvchi CTOman.
Maqsad korxonaning C-daraja odami boʻlmoqchimisiz? Unda marhamat Imkoniyat va Masʼuliyatni birga qabul qiling. CEO siz bilan birga korxonani kattalashtirishini oʻzingiz his qiling va unga ham his qildiring.
(CTO in 100days: 3-kun)
@DrAlgorithm #cto