Birovning haqqi hech kimga buyurmaydi.
Hatto qaytarib berib, faqatgina vaqtincha o`zidan so`ramasdan foydalinib turgan bo`lsang ham.
Sam Bankman-Fried, juda zo`r dastur ishlab chiqqan. Ko`pchilik foydalangan.
Faqat birovning pulini o`ziga etmasdan foydalanishi unga qimmatga tushdi.
Huddi, qaysidur davlat idorasi buxgalteri xodimlar oyliklarini qimorga tikib, yo`q qilgani kabi.
Crypto bilan ishlang, faqat halol yo`l bilan ishlang. Birovning haqqini yeb qo`yishingizdan qo`rqing.
Umidjon akani etgan gaplari bor, rosa manga ma'qul kelgan:
- Crypto bilan ishlash kerak, sotib olish, sotish kerak. Faqat nima uchun? Trendda turish uchun, qanday ishlashini, nima jarayonlar bo`layotganini bilish va xabardor bo`lib turish uchun, - degan edilar.
- Qancha pul tiksa bo`ladi? - deganda.
- Senga qancha pulni yo`qotish ko`tarsa, shuni aylantir. Kimgadur $10, kimgadur $100, kimdagur $1,000. Lekin bu aylantirvotgan pulingni ishlatma.
Faqat o`rganish va ma'lumot olish uchun bo`lishi kerak.
Ertaga crypto harom deganda, barcha tikkan pulingdan kechishga tayyor tur.
Sam Bankman-Fried ga 25 yil berishibdi. Boshqa bunga o`xshash qalloblik qilganlarda 100 yilgacha berilgan ekan. (jadvalga qarang).
Birovni haqqidan qo`rqing.
Doim halol tomonda bo`ling.
@DrAlgorithm

