Agile Manifesti
2001 yil Fevral, Yuta shtatidagi Snowbird togʻ-changʻi kurorti, konferentsiya, yengil usulda dasturlash vakillari va foydalanuvchilari uchrashuvi. Muhokama sababchisi mavjud ogʻir jarayonli, mukammal hujjatlarga bogʻliq boʻlgan dasturiy ta'minot ishlab chiqish jarayonnini boshqa, muqobil usulga oʻtkazish zarurligi. Konferentsiya yakunida ular umumiy yondashuvni belgilab, manifest sifatida oʻz fikrlarini nashr etdilar. Bu usul dasturiy ta'minotni ishlab chiqishning tezkor usuli (Agile software development) deb nomlandi
Asosiy kelishuvlar quyidagilar:
• Jarayonlar va vositalar emas shaxslar va munosabatlar
• Yaxshi yozilgan hujjatlar emas ishlaydigan dasturiy ta'minot
• Shartnoma boʻyicha kelishish emas mijozlar hamkorligi
• Reja boʻyicha ishlash emas oʻzgarishlarga moslashish
Ya'ni, chapgadi narsalarda qiymat mavjud boʻlsa-da, biz oʻngdagi narsalarni koʻproq qadrlaymiz.
Siz bunga nima deysiz? Fiklaringizni izohda qoldiring.
@DrAlgorithm
Post #489
877

- 👍 5
- 🔥 1