TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #473 789
Texkor xabar yuborish - Messenger

[2-qism]

End keling imkoniyatdan mantiqqa o`tamiz.

Yuqorida keltirilgan imkoniyatlar oddiy xayotda ishlatilmasligi mumkin. Shunday ekan, nima uchun korxonalar va odamlar Slack kabi dasturlardan foydalanadi?

1️⃣ -xolat. Faraz qilamiz. Sizda yaxshi bir sotuvchi xodim bor edi. Barcha mijozlaringiz bilan aloqani yaxshi ushlagan, telegramga viloyat kesimida guruhlar ochgan va nima yanglik bo`lsa, ular bilan tez gaplashib turardi. Buni hammasini u siz uchun qilib bergan edi. Bir kun kelib (oradan 2 yil o`tib) sizdan ketib qoldi. Oxirgi oyligini ham olmadi. Keyin birdan aloqani uzdi. Chunki u korxonada ishlash uchun alohida telefon raqam olgan edi va u endi o`chiq.
Tasavvur qiling, barcha guruhlar endi yo`q. Yoki hammasi sizning eski xodimingizda.
Sizning biznesingiz to`xtadi. Yangi va ishlab turgan mijozlari (mijozlaringiz) bor bo`lgan raqobatchi korxona paydo bo`ldi. Nima qilasiz?

Slack kabi dasturlarda barcha guruhlar, yozishmalar hammasi korxona hisobida qoladi. Xodimlar almashaveradi, guruh joyida turadi.
Xatto biror xodim, boshqasi bilan shaxsiy guruh ochib olib, gaplashgan bo`lsa ham, korxona bu xabarlarni o`qiy oladi.

2️⃣-xolat. Guruhda xodimlar AT muammolarni yozadigan guruh ochdingiz. (AT support). Kompyuter ishlami qoldi, internet uzilib qoldi kabi hamma xabar shu yerda.
Endi tasavvur qiling, har bir odam o`zini muammosini yozishni boshladi. Xabarlar kelib yotibdi, AT xodimingiz bittasiga javob beradi, tushunmasa, yana davomida tushuntiradi. Orada savollar qolib ketadi. Ketini topish qiyin. Yoki Service desk sotib olasiz, yoki boshqa yo`lini qidirasiz.
Yechimi esa oddiy. Guguhda har bir muammo uchun bitta xabar qoldirishga kelishib olasiz. AT xodimi esa, har bir xabaring izoh (yoki javob berish, thread) qismida javob beradi. Shunga biror xabarni ko`rsangiz, ichiga kirasi va hamma muhokamalar ichki qismda bo`ladi.

3️⃣-xolat. Sizda xabarlar kelgan. Ba’zilar yangi, ba’zilarini hali hal qilib ulgurmadingiz, yana bir qismi esa hal etilgan. Izoh qismia javob bergandiz. Lekin yana adashish ko`p. Nima qilamiz?
Shu vaqt bizga suyukli rasmcha (icon, smaylik) :smile as qotadi.

O`tirib kelishib olasiz:
👀 ko`z rasmi - ko`rdim, shug`ullanib javob yozaman
👍 bosh barmoq - ko`rdim, shug`ullanishayotgan ekan
✅ yashil qabul - ish hal etildi.

va boshqalar. Buning osonligi. AT xodimi ish vaqti tugab, keyingisi ishni boshlasa ham, bir ko`z yugurtirib chiqib, aniqlay oladi. nechtasi hali yopilmadi, nechtasi yangi. "Yashil qabul" larni tashlab o`tsa bo`ladi. "Ko`z rasmi" larni oldinroq hal qilish yaxshi, kutib qolishgan. va xokazo.

Bu aytib o`tganlarim faqat oddiy xabarlashish haqida edi.

Tizim ishlamay qolganida xabar kelishi. Task manager, yoki email ni ulab qo`yish. Har bir xolat o`zgarganida, yoki sizga kerakli filter ishlaganida sizga xabar keladi. Shunga o`xshash Bildirishnoma (Notification), Kuzatuv (Monitoring), Huquqlarni boshqarish (Access management) va boshqalar ham bor.

Qisqa yozgim keladi, ammo o`xshamaydi. O`qigan vaqtingizga rozi bo`lasila.

https://t.me/DrAlgorithm/473
  • 👍 17
  • ✍ 1
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →