TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #465 4.53K
Dastur ishlab chiqishda ishlatadigan tizimlar

Ma'lumki, hozirda dasturlash tillarini oʻrganishga qiziqish ortgan. Foundation'dan tortib PM boʻlishgacha turli mavzularda suhbatlar boʻlib oʻtmoqda.

- Men dasturlashni oʻrgandim. ABC tilini yaxshi bilaman. Oʻzimni Jun/Mid/Sen hisoblayman, - deydiganlar kop.
Lekin amaliyotga kelganida, ishlab ketish uchun yana yarim yil ish oʻrganishi kerak boʻlmoqda.

Endi oʻzingizga savol bering: Nima uchun?

Qayerda xato qildik, yoki biz oʻylagandek ketmayapti?
Eng qizzigi javobini ham bilasiz. Project management :)

Loyihani bajarish jarayonlari haqida koʻp ma'lumot bor. Ammo amaliyot yoʻq.


Keling, shular haqida biroz toʻxtalamiz.

1. Email - borgan sari Oʻzbekistonda kamayib bormoqda. Ammo jahonda faol ishlatiladi. Balki biz ham boshlashimiz kerak-dur?

2. Kalendar - reja qilamiz, suhbat quramiz, lekin vaqtida ishni boshlay olmaymiz.

3. Xabarlashish (Messanger) - Telegramdan foydalanamiz. Ammo ishxonada ishlatish uchun qulay narsa emas. Sirlarini aytib beraman keyin.

4. Task manager - koʻpchilik buni ishlatadi. Ammo jarayonlarni moslamagan. Status faqat TODO, In Progress, Done dan boshqasiga oʻtmaydi. Bu yerda ham koʻp qizziq va ishingizni osonlashtiradigan narsalar bor.

5. Hujjatlar bilan ishlash (Documentation) - saqlash, tahrirlash, uzatish, chegaralash, hajm. Bu soʻzlarning har biri alohida mavzu aslida.

6. git - jonimiz. Lekin, main dan boshqasini ishlatmagandan keyin, 1 tiyin. Nima edi bu deganlar uchun, buni ichish mumkin emas, afsus...

7. IDE - tekin yoki pullik. Agar korxonaga ishga kirsangiz, talablaringiz qanday boʻladi? Bu uchun loyiha egasi pul toʻlashi shartmi?

8. Bosh reja (Roadmap, Gantt) - bu esa, har bir IT direktor bilishi kerak boʻlgan. Doim ishlatadigann narsa boʻlishi kerak. IT direktor ishlatdimi, demak siz senior boʻlishingiz uchun bundan xabaringiz boʻlishi kerak.

9. ???

https://t.me/DrAlgorithm/465
  • 👍 15
  • 🔥 1
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →