TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #455 848
Mezbonning boshqotirmasi

Balki "Tabard" karvonsaroyi boshqaruvchisi aytgan boshqotirma boshqa hech qaysi bir boshqotirmachalik qizziq bo`lmas, lekin ko'proq bosh qotirishga majbur qilishi aniq. Karvonsaroy boshqaruvchisi ziyoratchilar yig'ilganida dedi:

- Azizlarim, endi aqlingizni charxlash navbati menga keldi. Hozir shunday bir narsa ko`rsataman-ki, ongingiz lol qoladi. Mening boshqotirmam sizga juda sodda ko'rinishi mumkin. Mana bir bochka yaxshi London alesi va qo`limda ikkita o`lchovim bor: biri besh pint (suyuqlik o`lchov birligi), ikkinchisi esa uch pint. Janoblar, aytingchi, qanday qilib har biriga roppa rosa 1 pintdan quyib olishim mumkin?

Albatta, boshqa hech qanday idish yoki buyumdan foydalanish mumkin emas va o`lchovlarda belgilashga yo`l qo`yilmaydi. Bugungi kunda ko`pchilik buni oson ish deb bilishmaydi. Shunga qaramay, buni amalga oshirish mumkin.

Savol raqami: 40228

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.


Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!

https://t.me/DrAlgorithm/455

UPD: Javobi topildi ✅
  • 👍 3
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →