TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #440 934
Majordom boshqotirmasi

Majordom ayyor va o'qimishli odam edi. Choserning so'zlariga ko'ra, "U qo'ylarini va yer maydonlarini qanday hisoblashni bilardi, omborini chiqindidan shunday tozalardi-ki, eski buyum yig'uvchilar burunlarini ushlab qolardi. U eng murakkab masalalarni hal qila olardi...”! Shoir, shuningdek, "u hech qachon muammoga duch kelmasligini" ta'kidlaydi. Uning o'tkir miyyasida har xil kulgili muammolar, injiq fikrlar osongina paydo bo'lardi.

Ziyoratchilar to'xtagan yo'l bo'yidagi oshxonada uning hushyor ko'zi turli o'lchamdagi bir nechta pishloq doiralariga tushdi. Shunda u, to'rtta kursi so'rab, dam oluvchilarga sayohatchilarni qiziqtiradigan jumboqlaridan birini ko'rsatishni taklif qildi. Keyin Majordom birinchi kursiga sakkiz ta doira shaklidagi pishloqlarni qo'ydi.

"Mana, topishmoq, - deb xitob qildi u, - bir paytlar men Norfolkdagi do'stlarimdan so'ragan edim va Sent-Jozef aytganidek, ular orasida buni hal qila oladigan mard topilmadi!" Biroq, bu juda sodda, siz pishloqlarni bir kursidan ikkinchisiga o'tkazishingiz kerak. Sharti, katta pishloq boʻlagini kichikroq doira ustiga qo'ymaslik. Men eng kam siljish bilan bajara olgan kishini yaxshi bir kahva bilan mexmon qilaman.

Bu jumboqni eng kam siljishlar bilan yechish qiziq. Avvaliga 8 ta, keyin 10 ta va nihoyat 21 ta aylana pishloq bilan yechib koʻring.

Savol 1 (junior): 8 ta pishloq doirani 1-kursidan 4-kursiga eng kam nechta qadamda olsa boʻladi?

Savol 2 (middle): 8 ta, 10 ta va 21 ta pishloq doiralarini 1-kursidan 4-kursiga eng kam nechta qadamda olsa boʻladi?

Savol 3 (senior): 8, 10 va 21 ta pishloq doiralarini 3, 4 va 5 ta kursi uchun eng kam nechta qadamda olsa boʻladi, toping. Jadval shaklida ifodalash mumkin.

Savol raqami: 40217

Javob topmasdan izohlarni ochmang. Javobini koʻrib qolsangiz qizzigʻi qolmaydi.

Iltimos: javobni topgan boʻlsangiz koʻrinmas hira (spoiler) qilib tashlang. Boshqalar ham urinib koʻrishsin!


https://t.me/DrAlgorithm/440
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →