TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #437 795
Ona tilim

Ko`pchilikka ma'lum, man kech yozmoqdaman, kecha Qudratho`jayevning o`zbek tilini bilmaslik haqida gaplashi shov-suv bo`ldi.

Buning 2 tomoni bor. Shu masalada men ham fikr bildirmoqchi edim.

0. Biror odamni haqorat so`zlari bilan atash, shaxni emas, bir guruh odamni, bu uning shaxsiy fikri. Hozirda hisob 1-1 deb qolaman. Qo`shilmaganlar bemalol fikrlarini o`zlarida qoldirishlari mumkin.

1. Biror davlatga borganlar u yerning davlat tilini o`rganishi tajribada bor narsa. Ko`p tanishlarim, ayniqsa Ukraina-Rossiya kelishmoqchiligi (urishmi, yo`qmi, o`ziz hal qilasiz) tufayli yurtini tashlab ketishdi. Qozoqiston, O`zbekistonga kelishganida ularni ona tilisida yoki rus tilida chiroyli kutib olindi.

Lekin, ayni damda yevropa davlatlariga ketganlar esa, u yerning davlat tilini o`rganmoqda. Albatta borgan davlatida Ingliz tilida gaplashsa bo`ladi, ammo hamma yevropa davlatlarida ham davlat tili Ingliz tili emas. Oilasi bilan yashash, maktab, bog`cha va boshqa rasmiy joylarda ishini bitirishi uchun tilni bilishi kerak. Majbur tilni o`rganishmoqda. Agar tilni o`rganmagan bo`lsa, yoki u bilimsiz yoki ... .
Hullas, yoki u bilimsiz, yoki u o`sha yurtning shartlarini bajarmaydi, balki o`zini qoidalarini majburlaydi.

Ko`rinib turibdi-ki, amaliyotda biror davlatga borganda uning davlat tilini o`rganilishi amaliyotda bor narsa.

Endi masalaning 2-tomonini aytmoqchiman.

Biz o`zimizning ona tilimizni hurmat qilmaymiz!

Men maktab davrida ona tilini yaxshi o`qimanganman. 4-5 baho bo`lgan, doim 5 olish men uchun qiyin edi.
Lekin universitet davrida, baraka topishsin, O`zbek tili va adabiyoti fakulteti bilan qilgan hamkorlikdagi loyihalarim tufayli tilni yaxshiroq o`qganishga muvaffaq bo`ldim.

2.1 Tilimizni o`zimiz o`rganmasak, nima uchun kimdur kelib o`rganishi kerak?

Ha, ha, biz o`zimiz tilimizni o`rganish, uni rivojlantirishga hissa qo`shmaymiz. Xech o`ylab ko`rganmisiz, nima uchun ko`p joyda "O`zbek adabiy tili" ni uchratasiz, lekin "Rasmiy uslib", "Informatsion uslib" larni uchratmaysiz.

Ingliz tilida "sen" yoq. Deb o`ylasangiz xato qilasiz. Ular tilni o`rganish oson bo`lishi va soddalashtirish maqsadida ko`p so`zlarni olib tashlashgan. "Sen" esa "Thou" bo`ladi.

Tilni keng tarqalishi uchun esa aynan Informatsion uslub rivojlanishi kerak. Chunki fan va texnologiya rivojlangan sari yangi so`zlar qo`shiladi, eskilari chiqib ketadi. Shularni Informatsion (Axborot) uslubida shakllantirish mumkin.

2.2. Tilimizni nima uchun bunday "qiyin ahvolda" ekanini faqat tilshunoslarga topshirib qo`yganmiz.

Bakalavr davrida tilshunoslar bilan ishlab, shuni tushungandim-ki, tilni shakllantirish faqatgina ularning vazifasi emas, aksincha, barchamizniki. Agar hammamiz tilimizni rivojlanishiga yordam qilsak, shunda biz kimgadur o`rgan deya olamiz.

Misol keltiraman: ona tilimizda shaxs yasovchi qo`shimcha "-chi" bor, "ishchi", "o`qituvchi" kabi. Xohlagan so`zga qo`shsa, ot (narsa)dan shaxs yasaydi, ammo: oshpaz, soatsoz so`zlarida nima uchun -chi yo`q?
Balki boshqa ma'noda -chi ni ishlatish mumkindur? "Oshchiga et, yana 2 ta osh olib kelsin!", "Oshpaz pishirgan osh zo`r chiqibdi."

Yoki, Go`zal deb qizlarga ishlatamiz, chiroyli deb ham o`g`il bolaga, ham qiz bolaga ham ishlataveramiz. Boshqa tillarda esa, go`zal qizlarga, chiroyli o`g`il bolalarga ishlatiladi.

2.3. O`zbek tilini o`qitish bo`yicha aniq, yaxshi dastur yo`q.

"Chet elliklar uchun o`zbek tili" kitobini 1999 yilda ko`rgan edim. Keyin ko`rmadim. Nima uchun O`zbekistonda Ingliz tilini o`qitish uchun 15 yilda to`laqonli dastur ishlab chiqdik (masalan, UzTEA bilan) va hamma o`quv markazlari shu andozani ishlatadi-de! O`zbek tilimiz uchun esa hali ham tuzzikroq andoza yo`q?

Bu muammolarni faqat tilchilar yecha olmaydi. Ularning soni ham ham, vaqti ham yetmaydi. Oyligini aytmayapman.


Demak o`zimizni tilimizni bilmas ekanmiz, boshqalarga ham o`rgan deyishimiz qiyin.


Biz faqat kimnidur "yaxshi" yoki "yomon" deyishni bilamiz. "Nima uchun?" demaymiz. Undan ham og`iri "Kel men shuni to`g`rilay" demaymiz. Afsus....

https://t.me/DrAlgorithm/437
  • 👍 2
  • ❤ 1
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →