Sartarosh
Kichik bir shaharcha markazidagi sartaroshxonada ikki sartarosh ishlaydi. Aholi soni kam boʻlgani uchun boshqa bir sartaroshxona topolmaysiz. Tasavvur qiling siz soch oldirishga kirdingiz. Soch turmagi chiroyli qilingan va oʻziga qarab olgan sartarosh mijozi bilan gaplashib, ishlamoqda. Divanda esa sochiga yaxshi eʼtibor qilmagan, mijozi yoʻq boʻlgani uchun telefon kovlab oʻtirgan sherigi oʻtiribdi.
Diqqat savol: siz kimga soch oldirgan boʻlar edingiz va nima uchun?
Savol raqami: 40106
https://t.me/DrAlgorithm/391
Post #391
1.15K
- 👍 3