Universitetda o`qib yurganimizda ko`zi ojizlar uchun mahsus dasturlar ishlab chiqarish bilan chug`ullangandik. Maqsad, darslik va adabiyotlarni ular o`qiy olishi va yoza olishiga oz bo`lsa ham yordam berish edi.
Bugun Ijtimoiy himoya agentligi bilan birga qilingan audio-kitob loyihasini ko`rib hursand bo`ldim. Oz-oz qadam bilan bo`lsa ham yaxshilik tomon yurilyapti.
👉 https://t.me/ziyotaratamiz/99
Audio-kitob juda qulay usul ekanini ko`pchilik biladi. Ko`chada ketayotganda, avtobusda, mashina boshqarayotganda, sport bilan shug`ullanganda qog`oz toki elektron kitob audiochalik qulay emas. Siz ham foydalanib ko`ring, izoh qoldiring, balki foydali izohlar bilan bunday loyihalar soni ko`payishi va sifati oshishiga yordam bera olarmiz.
10 ta kitob o`qigan < 100 ta kitob eshitgan.
Maqol bo`lar edi: 100 marta eshitgandan, 1 marta ko'rgan yaxshi, - degan. Zamon rivojlanib, endi 100 ta eshitgan ham ancha yaxshi bo`lib qoldi.
Foydali kitoblar soni ko`payvursin!
https://t.me/DrAlgorithm/387