TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #386 1.48K

Forwarded from Baratov’s Blog

Kichik qadamlar

1. Bu blogni motivatsiya uchun o'qiyotgan bo'lsangiz, xato qilyapsiz. Motivatsiyani kanaldan olmoqchi bo'lganingiz uchun emas, tashqaridan olmoqchi bo'lganingiz uchun.

2. Tashqaridan kelgan motivatsiya 2 haftadan uzoqqa bormaydi. Bu ham bir narkotik. Inson o'rganib qolsa, faqat motivatsion videolar ko'rib, maqolalar o'qib, hech nima qilmaydigan sabzavotga aylanib qolishi mumkin.

3. Uzoq davom etuvchi motivatsiya ichkaridan chiqadi. Ichkaridan keladigan motivatsiyaning omili - kichik natijalar. Kichik natijalar kichik qadamlardan boshlanadi.

-Ishga joylashmoqchimisiz - 20 daqiqa ajratib, tuzukroq CV (rezyume) tuzing

-Til o'rganmoqchimisiz - bugunoq 10ta so'z yodlang

-Yangi kasb o'rganishda - qayerda o'qishni aniqlab olingda, birinchi bepul darsga yoziling.

-Biznes boshlamoqchimisiz - telefonni olib birinchi 5ta potensiali yuqori bo’lgan insonlardan maslahat oling.

-Blog yurgizmoqchimisiz - Kanalni oching va 1 qator bugun o'rgangan narsalaringizni yozing

-Ertalablari yugurmoqchimisiz - mahallani boshiga borib kelishdan boshlang.

-Namoz o'qimoqchimisiz - 5 daqiqa ajratib, tahorat olib, boshingni sajdaga bir pas qo'yib turing.

4. Shu blogni o'qib bo'lib birinchi kichik qadamni qo'ying. Natijagacha olib boring. Ichkaridan motivatsiyani oling, uzoqga boradigani shu.

Uning kuchi bilan esa keyingi sal kattaroq qadamni qo'yasiz. Shu tariqa motivatsiyaga muxtoj bo'lmaydigan darajagacha davom eting.

Kelayotgan oyning 1-kunini, dushanba, yoki (eng yomoni) yangi yilni kutmang. Bo'lmasam umringiz kutish bilan o'tib ketaveradi jigar.

@baratovs_blog
  • 👍 22
  • ⚡ 3
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →