TGViewer
Channel Public Channel
Baratov’s Blog

Baratov’s Blog

@baratovs_blog

“My accurate dairy”
Subscribers
1.36K
Photos
26
Videos
0
Links
33
Recent Posts 20 shown
Post #409 551
Visit the Cemetery

Google, Apple, Tesla, Samsung gig kompaniyalarni bilamiz.

Bu kompaniyalardek boshlangan lekin, muvaffaqiyatga erishmagan bir necha million kompaniyalar bankrot bo’lgani hech kimga qiziqmas.

Messi, Ronaldo, Mbappe, Khusanov futbol futbol yulduzlarini bilamiz.

Ular bilan birga parallel shug’ullangan, lekin ulardek bo’lmagan nechi million futbolchilar bor.

Harry Potter, Atomic Habits, Thinking Fast And Slow bestseller kitoblar haqida eshitganmiz (lekin o’qimaydi)

Qancha kitoblar yozilgan lekin bu kitoblar darajasiga chiqmasdan, qaysidir kutubxonada chang bosib turadi.

Joe Rogan, Dairy of CEO podcastlatini eshitganmiz, ko’rganmiz.

Foydali, lekin tomoshabin yo’qligidan yopilib ketgan loyilarni hech kim tekshirmaydi.

Survivorship Bias degan narsa bor psixologiyada. Asosiy narsaga focus berib, atrofga e’tibor qilmaslikga aytiladi.

Har bir narsaning 2 ta tomoni bor. Narsalarning faqat yuzaki tomoniga focus bermasdan, orqa tomonga ham qarab qo’ysak,

Taffakkur qilamiz, O’rganamiz, O’samiz.

- Visit the cemetery of failed companies, projects, super stars and masterpieces

@baratovs_blog
Post #408 1.49K
Nafs haqida

Daromad ko’payganidan keyin, puldorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.

Obunchalilar ko’payganidan keyin, mashhurlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.

Ilmiy ish qila boshlasangiz, professorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.

Mansab zinalaridan chiqa boshlasangiz, rahbarlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.

Bir tarafdan tushunarli.

Odam o’zida yo’q narsaga ko’proq qoyil qoladi.

Boshqa tarafdan, yuqoridagi yutuqlar, oddiy ishlar + omadning natijasi ekanligini tushuna boshlaysiz.

Bitta holat bundan mustasno ekan.

Nafsingiz bilan kurash ko’payganidan keyin, nafsidan g’olib kelganlarga hurmatingiz kamayib qolmaydi. Ko’payib boradi.

Jarayonga kirishmaguncha bu ishni oddiy deb o’ylagan edingiz.

Kirishganingizdan keyin, oddiy ko'ringan odamlarning buyukligi bilinib qoladi.

@baratovs_blog
Post #406 1.27K
Kichik orzu

Bir orzuyim bor. Yoz oyidagi damning 1 haftasini tog’da, cho’ponlar bilan o’tkazsam, telefonim ishlamasa, atrof yam-yashil va suvlar bo’lsa.

Qo’y-qo’zi, otlar, cho’pon itlar bilan 1 hafta sodda hayot o’tkazsam. Hech amalga oshmayapti.

O’zi umuman orzuyimdagi hayot ham shunga yaqin. Bir hovlim, 2 ta sigirim, 4 ta qo’yim va 10 ta tovug’im bo’lishini xohlayman.

Barcha iste’mol mahsulotimiz o’zimizdan chiqsin, tabiiy bo’lsin.

Men qishloq tabiatli yigitman menimcha, shundan dam olsam kerak.

Sunday thoughts*

@baratovs_blog
Post #405 2K
Ta'limdagi haqiqat

1. Darsingiz menga yoqmadi.
2. Men oldingi ustozimga qaytaman.
3. Aslida, keyinroq boshlayman, bu ustoz bilan bog‘liq emas.
4. Universitet/Maktab imtihonlarim bor.
5. Itim o‘lib qoldi.
6. Juda issiq.
7. Juda sovuq.
8. Ingliz tili qiyin.
9. Hayot qiyin.
10. HTML bering, qog‘oz yoqmaydi.
11. Qog‘oz bering, HTML yoqmaydi.
12. Iltimos, ko‘proq boshqa tilda tushuntiring.
13. Iltimos, umuman boshqa tilidan foydalanmang.
14. Men ChatGPTsiz yoza olmayman.
15. Lug'at yodlash qiyin.

Bular o‘qituvchilar sifatida muntazam ravishda duch keladigan bahona va gaplarni faqat bir qismi,

Shunday bo‘lsa-da, shular orasida ajoyib natijalarga erishayotgan talabalarni ko‘rish yaxshi.

Haqiqat shuki, vaqt o‘tib boraveradi. Kayfiyatingiz yoki bahonangiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u o'tyapti.

Ba’zi odamlar natijasini qo‘lga kiritadi va hayotida oldinga yuradi. Boshqalar esa bir joyda qolib ketadi va oynadagi insondan boshqa hammani ayblaydi.

Bu munosabat keyinchalik katta hayotga ham ko‘chadi va juda achinarli oqibatlarga olib keladi.

Albatta, maktabda yaxshi o‘qimagan bo‘lsa ham boy va muvaffaqiyatli bo‘lgan insonlar haqida hikoyalarni bilamiz.

Lekin ular umumiy sonning faqat ma’lum bir foizini tashkil qiladi.

Bolaligimdan tanigan, ta’limga jiddiy qaramagan ko‘plab odamlar bugun juda yomon ahvolda.

Shikoyat qilish oson. Boshqalarni ayblash oson. Dars qoldirish oson.

Agar bular sizga qandaydir foyda bersa, unda shu tarzda yashashda davom eting.

Lekin uzoq muddatda bunday hayot sizni rostdan ham baxtli va qoniqarli hayotga olib keladimi?

Javobni o'ziz bilasiz.

Have a great day!

@baratovs_blog
Post #404 1.95K
Bugun boshqacha kun

Bu kun siz albatta yoshlikni eslaysiz. Necha yosh bo’lsangiz ham. Hayit namozi, shirinliklar, qarindoshlarni yo'qlash, hammasi yoshlikni eslatadi.

Bu kun siz kunni yarmini tabriklash va tabriklarni qabul qilish bilan o’tkazasiz.

Bu kun sizga yaqin va uzoq insonlarni ajratib olasiz.

Birinchilar tabriklash uchun shaxsiy xabar yozib yoki qo'ng'iroq qilsa, ikkinchilar shablon tabrik yoki rasm jo'natishadi.

Bu kun siz aslida qancha qarindoshingiz borligini bilib oladigan kun.

Bu kun sizni asl hayotiy qadriyatlarga qaytaradi: Oila, silai rahm, ehson, namoz. Deyarli hech kimni ish haqida gapirganini ko’rmaysiz.

Bu kunni hamma yaxshi ko'radi, yosh bolalar ham, kattalar ham ,qariyalar ham.

Biz ham bu kunni yaxshi ko'ramiz.

Hayit bayramini yaxshi ko'rganlarga hayit muborak aziz do’stlar!

@baratovs_blog
Post #403 1.83K
Achchiq haqiqat haqida

Ba’zan odamlar bizga yoqmaydigan haqiqatni aytsa, ichimizda ularga nisbatan g‘alati salbiy hissiyot paydo bo‘ladi. Go‘yo muammo haqiqatning o‘zida emas, aynan uni aytgan odamda bo‘lgandek.

Charlie Munger buni “Pavlovian association” deb tushuntiradi.

Ya’ni inson miyasi yoqimsiz hissiyotlarni avtomatik tarzda o‘sha hissiyot bilan bog‘liq odamga ulab qo‘yadi. Agar kimdir sizga doim:
— tanqid,
— yomon xabar,
— noqulay haqiqatlarni aytsa,

bir muddatdan keyin siz u odamning o‘zini yoqtirmay qolishingiz mumkin. Hatto u haq bo‘lsa ham.

Munger CBS kompaniyasini bunga misol qiladi. Ushbu kompaniya rahbari yoqimsiz haqiqatni eshitishni yomon ko‘rgan. Natijada atrofdagilar asta-sekin:
— haqiqatni yashirishni,
— gapni yumshatishni,
— faqat yoqadigan narsalarni aytishni boshlashgan.

Va oxir-oqibat kompaniya real voqelikdan uzilib qolgan.

Menimcha, bu faqat biznesda emas, hayotning hamma joyida bor.

Ko‘pincha bizni taskin beradigan odamlarni yaxshi ko‘ramiz, lekin o‘sishimizga sabab bo‘ladigan rostgo‘y odamlarni emas.

Eng qiyini esa — haqiqatni aytgan odamdan ranjimaslikni o‘rganish.

Poor Charlie’s Almanack kitobini o’qivommiza :)


@baratovs_blog
Post #402 2.03K
Boshqalardan yaxshiroq

- Saraton kasalligi bor bemorlarning 96 foizi o‘z sog‘lig‘ini o‘rtachadan yaxshiroq deb hisoblaydi.

- Professorlarning 94 foizi o‘zini boshqalardan yaxshiroq mutaxassis deb biladi.

- Talabalarning 90 foizi o‘zini oddiy talabalardan aqlliroq deb o‘ylaydi.

- Haydovchilarning 93 foizi o‘zini o‘rtacha haydovchidan yaxshi deb hisoblaydi.

Lekin buning teskarisini qilish yaxshi.

Agar biz o‘zimizni o‘rtacha darajadan past deb hisoblasak:

Ko‘proq tinglash, ko‘proq savol berish, boshqalardan o‘rganishga harakat qilishimiz mumkin.

Shunda: Boshqalarga emas, o‘zimizni yaxshilashga e’tibor beramiz, Egoni sindiramiz.

Va yaxshi farzand/aka/uka/ota/yor bo’lamiz!

@baratovs_blog
Post #401 2.31K
G’alati paradox

Kattalar bilan gaplashaman. “Farzandli bo‘lganimdan keyin, umrim bir pasda ótib ketdi” deyishadi.

Boshqa tarafdan,

Bolalikda vaqtimiz sekinroq o‘tadi.

Sayohatga chiqsak, bir haftasi bir oydek bo‘ladi.

Notanish yo‘ldan yursak, uzoqroq tuyiladi.

Yolg‘iz o‘tirsak, soniyalarni seza boshlaymiz.

Nega?

Miyamiz yangi narsa o‘rgansa, lahzalarni yaxshiroq eslab qoladi. Vaqt sekinroq o‘tgandek bo‘ladi.

Takror ishlarni esa, unutib yuboradi.

Katta bo‘lganda vaqt tezlashishi sababi ko‘ringandek bo‘lyapti:

Ko‘pchilik,

Oxirigi marta yangi sportga 16 yoshida qatnashgan. (Maktabni bitirgunicha)

Oxirgi marta yangi tilni 18 yoshida o‘rgangan. (O‘qishga kirish uchun)

Oxirgi kitobini 22 yoshida o‘qigan. (Imtihonga tayyorlanish uchun)

Oxirgi yangi ko‘nikmasini 27 yoshida o‘rgangan. (Ishxonada o‘rnashib olish uchun)

Endi o‘sha ko‘pchilik, umri tez o‘tayotganidan afsusda.

Nafaqat afsusda, balki yanaham tezroq tugatish bilan ovora.

@baratovs_blog
Post #400 1.85K
Qasos haqida

-Qo’pol gapirdi. Gaplashib olishga bordik. Ko’pchilik bo’lib bizni urishdi. Endi nima qilamiz? Biz ham uramiz-da?

Maktab o'quvchisi aytib qoldi.

Eng kuchlilar ham bir vaqtda 7ta odamga qarshi chiqolgan xolos. (Jack Dempsey). Kuchning chegarasi shu.

Aql va axloq bilan minglab odamga qarshi chiqish, ergashtirish mumkin. Bunga olimlar va aqlli insonlar misol.

Qasos olmoqchi bo’lsangiz - zolimga o’xshamaslikka harakat qiling. Eng yaxshi qasos shu bo’ladi.

Qasos olmoqchi bo’lsangiz - yaxshi yashang. E’tibordagi odam bo’ling. Bitta shapaloq o’tadi, ketadi, sizni qasosingiz esa ularga doimiy shapaloq bo’ladi.

Qasos olmoqchi bo’lsangiz - uni kechirib yuboring. O’zini yutgan hisoblayversin. Yutqazganini yillar o’tib tushunib yetadi.

Tushunganida - kech bo’ladi.

Kech bo'lganida, ulardan kilometrlar oldinda bo'lasiz!

@baratovs_blog
Post #398 1.89K
Emotsional do'stlar

Maktab sohasidagi hamkasblarimiz bilishadi.

Muhiti yomon bo’lsa ham, eski sinfidan ketmaydigan o’quvchilar ko’p.

“O’rtoqlarim” deydi.

Aristotel aytgan, emotsional do’stlar. Umumiy xotiralar bor. Umumiy tarix birga ushlab turadi.

Noto’g’ri joydaligini bilsa ham, tashlab keta olmaydi.

Shu sabab, zararli yo’llardan yurishni boshlaydi. Shifokor Gabor Meyt aytganidek, “ko’rga ergashayotgan ko’r” bo’lib qoladi.

Bekorchi o’smirlarning hayoti qiziqroq ko’rinardi yoshligimda. Onam esa bizni ularga qo’shishni xohlamas edilar. Men tushunmas edim.

Katta bo’lib tushundim. Bekorchi o’smirlarning hayoti havas qilarlik bo’lmadi.

Yomon ko’rinsak ham, yoshlarni noto’g’ri muhitdan olishimiz kerak ekan.

Bir oy arazlaydi. O’tib ketadi.

O’ttizga kirganidan keyin, butun umr afsus qilganidan, shu yaxshiroq.

@baratovs_blog
Post #396 2.6K
Yaxshi o’qish shartmi?

Maktabni bitirganimga bir necha yil bo'ldi. Yaxshi o'qiganimga qaramay, ~70 foizi esimdan chiqqan.

Kollejda yana ham qattiqroq o'qigandik. Baribir 2/3 qismi esimizdan chiqqan.

Oxir-oqibat unutib yuborsak, yaxshi o'qib nima qilamiz? Shunchaki, imtihon uchunmi hammasi?

Yaxshi o'qishning boshqa foydalari ham bordir balki?

Yechgan misollarimiz esimizda qolmas. Yechish uchun kerak bo'lgan diqqat qila olish odati biz bilan qoladi.

Yodlaganlar g'azallarimiz unutilib ketar. Yodlash sabab rivojlangan xotiramiz biz bilan qoladi.

Yozib to'ldirgan daftarlarimiz yo'qolib ketar. Yozaverish ortidan kuchaygan tafakkurimiz biz bilan qoladi.

Ba'zi ishlar faqat natijasi bilan emas, jarayoni bilan ham foyda olib keladi.

Yaxshi o'qish ham shulardan biri.

Yaxshi o’qing, kam bo’lmaysiz.

Inglizlar aytganidek: Hard work definitely pays off.

@baratovs_blog
Post #395 3.12K
Noodatiy inson bo’lasiz

Dunyo aholisining 38% da ortiqcha vazn bor. Kelayotgan 15 yilda 51%ga chiqishi kuzatilyapti. Statista

Oxirgi 4 yilda yolg’izlik darajasi 33% dan 45% ga ko’tarildi. MORI

Antidepresantlar ichish eng rivojlangan davlatlarda 20 yilda 2 martaga ko’paygan. OECD

O’smirlar orasida dangasalik ko’payib bormoqda. Nypost

Texnologiya rivojlanyapti, tarixda ilk bor odamlarning aqli va diqqatida esa pasayish kuzatilyapti. Forbes

Semizlar, yolg’izlar, asabiylar, dangasalar, ahmoqlar va diqqatsizlar oldingidan ko’payib boryapti.

Avval noodatiy inson bo’lish uchun alohida iqtidor kerak bo’lar edi. Endi ajralib turish osonroq.

Semirib ketmang, yaqinlardan uzilmang, asabiylashmang, erinmang, ilm oling, chalg’imay ishlang.

Shuni o’zida noodatiy inson bo’lasiz.

@baratovs_blog
Post #394 2.97K
Happy vs Unhappy

Internetda hamma narsa bor. Google so‘raganimizga qarab ma‘lumot topib beradi.

Mening Youtube lentam va sizniki farq qiladi. Eski ko‘rgan videomizga qarab, yangisini tavsiya qiladi.

Shuning uchun ham, kimdir internetni “rasvo joy” deydi. Kimdir foydali deydi. Kimdir Youtubeda narsa o‘rganadi. Kimdir umrini isrof qiladi.

Hayotdagi voqealarni ham shunga o‘xshataman.

Atrofimizda bo‘layotganlarning hammasiga ham diqqatimiz yetmaydi.

Faqat tanlaganimiz va qidirganimizni ko‘ramiz.

Kimdir urush paytida ham xursand bo‘lish uchun sabab topadi.

Kimdir esa yomon yangiliklarni ko‘raverib, yaxshi joyda ham, xafa bo'lib yuradi.

"O‘zingni baxtsiz deb o‘ylasang, aslida qanday ekanligini nima farqi bor" degandi Seneka.

"Baxtli bo‘lish uchun tom, non, sog‘liq kifoya" - degandi ajdodlarimiz.

Trash contentlardan uzoqda bo’ling, uzoqlarga borasiz.

@baratovs_blog
Post #393 2.76K
Welcome Ramazon

O’tgan Ramazonda, juda ko’p yaxshi odatlar shakllantirganman. Ramazon barakali o’tsa, yil barakali o’tishini o’shanda tushunganman.

O’zgarish uchun, shakllantirilishi kerak bo’lgan odatlar, sahar vaqtida takrorlansa, ularni sifatli va tez o’zlashtirish mumkinligi hammamizga ma’lum.

Yaxshi muomalada bo’lish, Ilm olish, sog’lom bo’lish va qorinni uchdan birini havo uchun bo’sh qoldirishda boshqa oylarda qiyanlamiz.

Lekin bahonalar o’tmaydigan, dushmanlar zanjirband qilinadigan, o’zgarish uchun eng xayrli bo’lgan Ramazon oyi bu.

O’zgarish uchun eng yaxshi oy bu. Haqiqiy o’zgarishlar 1-yanvardan emas, Ramazondan boshlanadi.)

Foydalanib qoling. Bu imkoniyatni qo’ldan boy berganlar, keyingi ramazongacha afsuslanib yurishadi.

Barchamizga Ramazon muborak!

@baratovs_blog
Post #392 3.07K
Oldinda bo'lasiz

Nimaga ijtimoiy tarmoqlarda faol emasman?

Mana, Avstraliya ham 16 yoshdan kichiklarga ijtimoiy tarmoqlarni ta’qiqladi.

Jarima - 32 mln$ gacha.

Jonatan Haidthning ijtimoiy tarmoq va telefonlar zarari haqida kitobi chiqdi.

Xulosasi: Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish insonni, zaifroq, ahmoqroq, dangasaroq, ko’proq siqiladigan, diqqatsiz qilib qo’yayapti.

Butun kitob dalillardan iborat.

Smartfon, planshet olib - tinchlik sotib olayotgandursiz.

O’rniga potensialingizni yo’qotib yuboryapsiz.

Buning o'rniga:

Erta turing, vaqtni to'g'ri sarflang, kitob o'qing, izlaning

Bediqqat, sabrsiz, xotirasi past 95% tengdoshlarizdan kilometrlar oldinda bo’lasiz.

@baratovs_blog
Post #391 2.93K
Antihavaslar ko’proq motivatsiya beradi

Biografiyalar o’qiymiz, videolar ko’ramiz.

Havas qiladiganlarimizdan motivatsiya olamiz.

Qisqa muddatda ularga yeta olmasligimizni bilamiz. Motivatsiya kamayadi.

Shu payt havasdan tashqari, antihavas odamlarni ham topishimiz kerak.

30ga borib nafasi qisayotgan, 40 ga borib infarkt bo’layotganlar meni sportga undaydi.

Oddiy ishlarda xato qilayotganlar ilm olishga undaydi.

Vaqtini uvol qilgani uchun botqoqda yurganlar - vaqtni qadrlashga undaydi.

Pul uchun auditoriyasini aldayotganlar - moliyaviy erkin bo’lishga undaydi.

Havas qilayotganlarimizga yetib olish yillar talab qiladi.

O’zimizni bo’sh qo’ysak tamom. Antihavasdagilar darajasiga tushishimizga 1-2 yil yetarli bo’ladi.

Antihavaslar toping.

Ular ko’proq va doimiy motivatsiya beradi.

@baratovs_blog
Post #390 2.71K
Gapirmang, na'muna bo'ling

Atrofda gaplar ko’p. Maslahat ko'p. Shovqin ko’p. 

Ushbu post ham ana shundaylaridan biri.

Hamma nimadir qilishimiz kerakligini aytadi. 

Ammo ishini amalda ko’rsatadiganlar ko’p emas. 

Shuning uchun na’muna bo’lish muhim.

Harakat ta’siri, quruq gapdan ko’ra kuchliroq.

Faqat gapiradiganlarni emas, gapiga o'zi amal qiladigan insonlardan o'rganing

Baraka topasiz!

@baratovs_blog
Post #389 3.31K
Hayotingiz yaxshilanadi.

O’qishni boshlang, yozgingiz keladi.

Yozishni boshlang, o’ylashingiz tartiblashadi.

O’ylashingiz tartiblashsa, g’oyalar keladi.

G’oyalar kelsa, qilgingiz keladi.

Qila boshlasangiz, vaqt o’tib natijalar keladi.

Natijalarni ko’rib, boshqalar kela boshlaydi.

Ko’pchilik bo’lib, kattaroq ishlar qilinadi.

O’qing do’stlar. Hayotingiz yaxshilanadi.

@baratovs_blog
Post #388 3.46K
Yoshlikda vaqtni yutish

Tongim bekor ketsa, kun bo’yi ishlarga ulgura olmayman.

Tong yutilsa, kunni yutish osonlashadi.

Umr bilan ham shunday.

Yoshlikda ulgurib qolmaganlar, keyin ham qila olmaydilar.

Buni o’qib kimdur bekorchilikni tashlar.

Kimdur esa afsus qilishi mumkin.

Afsus qiladiganlar uchun eslatma:

O’zR qonunchiligida 31 ga kirmaganlar yosh hisoblanadilar…

Hali ham vaqt bor degani bu….

@baratovs_blog
Post #387 3.66K
Noldan boshlash

Yangi sohani noldan o’rganishni boshlash qiyin.

Qo’rquv bo’ladi.

Qo’rqmasdan boshlash esa inson hayotiga mazmun, ruhiyatida hotirjamlik, kelajak uchun ishonch paydo qiladi.

Bu eshitilishi sodda, ammo bajarishimiz qiyin bo'lgan ishlar turidan.

Sababini Seneca 2000 yil oldin aytib o'tgan edi.

“Biz voqe’likdan ko’ra tasavvurimizdagi havotirlardan ko’proq aziyat chekamiz.”

@baratovs_blog
Older posts →

About this channel

How can I read @baratovs_blog without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Baratov’s Blog: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Baratov’s Blog have?
Baratov’s Blog (@baratovs_blog) has 1.36K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Baratov’s Blog know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →