Salim, Mahkam va Aziz birga toqqa chiqadigan bo`lishdi. Har biri turli rangdagi uycha (tent) olib chiqishdi. Bundan tashqari olib ketiladigan narsalarni ham bo`lishib olishdi. 3 kecha tunab qolishadi, shu sababli har biri bittadan ovqat pishiradigan bo`ldi.
* Salim baliq pisharigan bo`ldi.
* Tovuq pishiradigan odam qizil rangli uycha (tent) da yashaydi.
* Mahkam stol va stullarni olib boradi.
* Qovoq va idishlarni olib boradigan odam ko`k uychada yashaydi.
* Azizning uychasi yashil uychadan keyin joylashgan.
* Yashil uychada yashaydigan odam osh pishiradi.
* Aziz o`tin va ko`mir olib boradi.
Yuqoridagi ma'lumotlardan foydalanib, kim qaysi rangli uychada yashadi, nima ovqat pishiradi va o`zi bilan qaysi buyumlarni toqqa olib chiqqanini aniqlay olasizmi?
Savol javobini bilib qolsangiz, izohlarga yozmang. Javobingizni yozib qo`ysangiz, javob chiqqanida tekshira olasiz.
Savol raqami: 31118
Javobini esa, kelasi hafta e'lon qilaman.
Kuningiz maroqli otsin!
https://t.me/DrAlgorithm/373