Bugun yangiliklar orasida davlat saytlarini buzishayotganini va tashqaridan kirish IP larni blocklanayotganini o`qib qoldim.
Eng oson usul bu IP ni blocklash. Harajati kamroq. Bosh og`rig`i yo`q.
Ishxonaga kelib, elektron qutimni tekshirsam, qizziq har keldi.
Emishki, men my.gov.uz orqali ariza yuborgan ekanman. Muvaffaqiyatli qabul qilinibdi.
Albatta, birinchi ko`rishda havfsiradim. Man uhlab yotganda, mani ham buzib kirishibdimi deb. Keyin tekshirishni boshladim.
1. Ariza qabul qilinganlik haqida xatdan ariza raqamini oldim. Keyin bilsan, kerak bo`lmadi :)
2. Yana bitta xat kelgan ekan, parolni tiklash haqida. Osha yerda ismi ko`rsatilgan va kalit so`z (parol) ham. Ikkalasini kiritib ko`rdim. id.egov.uz qabul qildi va man rostakam kimga ekanini bildim.
3. My.gov.uz ga o`tdim va avtorizatsiya qilganim uchun avtomat kirib ketdim.
4. Afsuski endi men:
* Shaxsiy ma'lumotlar: to`liq ismi sharifi, tug`ilgan kuni, STIR (INN), JSHSHIR (INPS), telefon raqami, passport raqami, sanalari, manzili - hullas hammasini ko`ra oldim.
* Mehnat faoliyati: qayerda qaysi lavozimga ishlagan
* Ko`chmas mulk, oilasi, avto transporti va xokazo
* eng achinarlisi 2 ta kartasi tizimga ulangan ekan. Hozir uning nomidan arizalar yuborib, pulini ishlatib qo`yish mumkin. Bu miliyaviy ta'sir emasmi?
Albatta, yuqorida etilgan yomonliklarni qilib ko`rganim yo`q. :) Yoshlarimiz qiziqib ketishmasin.
Etmoqchi bo`lgan narsam. Bitta narsa qilinmagani uchun manga bu ma'lumotlar tushib qoldi. U ham bo`lsa:
Tizimga email manzil biriktirishda manzil o`ziniki ekanini tekshirish.
Iltimos, bunday xatolarni qilmaylik. Tizim yasavotganda har tomonlama o`ylab, keyin PROD ga chiqaraylik. Ahir odamlarni pulini uhlatib ketilishiga sababchi bo`lib qolamiz. Nafaqat puli, shaxsiy ma'lumotlari ham.
https://t.me/DrAlgorithm/367
UPS: Egasi bilan gaplashdim. Email ni almashtirdi va mani blokladi.




