Assalomu alaykum,
Boshlangan haftangiz barakali bo`lsin!
Yakshanba kuni berilgan savol biroz murakkab chiqib qoldi shekilli. Ko`pchilik urinib ko`rishganini ham yozishmadi. Nasib qilsa, hafta davomida yechimlarga yetib qolarmiz.
Bugun ishni maroqli davom ettirish uchun esa, soddaroq savol bermoqchiman.
Jon Londondan Mumbai ga tijorat safari bilan bordi. Har safar kelganida soatini teskari (tepadan pastga) qilib taqib oladi. Savol, nima uchun?
Yordam: Jon elektron soatlarni hush ko`rmaydi. Shunga analoq soat taqishni yoqtiradi.
Kuningiz hayirli bo`lsin!
Savol raqami: 31113
https://t.me/DrAlgorithm/365
Post #365
1.08K
- 👍 5
- ✍ 2