Assalomu alaykum azizlar,
Shanba kuni UzGeeks va Java Community ning qoʻshma MeetUpi boʻlib oʻtdi. Menga ham soʻzga chiqish nasib etdi.
Eng yorqin joyi shunda boʻldiki, Doda programmistlar Qudrat Abdurahimov va Gʻayrat Nurmatovlar ham tadbirda qatnashishdi. Savol javob qismi rejadan ancha koʻp vaqt choʻzildi. Savollarga Gʻayrat aka bergan javoblari, hatto senior dasturchilarni ham oʻylantirib qoʻydi.
Baʼzi javoblar:
* Menga desa kodni PHP da qiymaydimi? Masalani yechsa boʻldi.
* Junior boʻlsa ham seniorni oyligini 3 barobarini beraman...
* Javaning yoki PHPning keyingi versiyasida nima oʻzgarish boʻladi, nima uchun oʻzgarishlar boʻladi, shuni bilsa Senior deb hisoblasa boʻladi.
* Oʻzini sota olgan dajara hisob, oʻzi junior boʻlib turib, Senior oʻrniga ishga kira olsa, u korxona uchun senior hisoblanadi. Senior boʻlib, boshqa joyda Junior yoki Middle boʻlishi ham mumkin.
* Oylik Senior yoki Juniorga qarab berilmaydi. Loyihaga qanchalik foyda bergani bilan baholanadi. Vazifani bajargani uchun emas, masalani yechgani uchun oylik oladi.
Yana koʻp qizziq gaplar boʻldi. Bu haqida yana esga kelganda etib beramiz.
https://t.me/DrAlgorithm/321
Post #321
3.67K
UzGeeks Community Assalom alaykum Bugun 14:00 da UzGeeksni navbatdagi meetupi bo’lib o’tadi. Esingizdami?
- 🔥 11
- 👍 7