Yaqin kunlarda “Shoe Dog: Phil Knight” kitobini o’qib tugatdim.
Kitob Nike kompaniyasi yaratilishi haqida. Kitob juda yengil o’qildi.
"Nike"ni asosiy asoschisi - Fil. U kompaniyaga asos solishdan oldin, 26 yoshida dunyo bo’ylab sayohatga chiqadi. Shu sayohati, umri davomida unga ilhom bag’ishlaydi.
Boshqa davlatda odamlarni odatlarini kuzatish, yangi tajriba olish, boshqa ma’daniyatni ko’rish juda boshqachada.
Imkon bo’lsa chetga chiqish kerak, dunyo qarashingiz o’zgaradi, huddi Nike asoschisi kabi ancha vaqt ilhomlanib yurasiz.
Lekin hayolimda biz kam sayohat qilamiz. Asosiy maqsad qilib - katta uy qurish, mashina olish va katta to’y qilish. Niyat qilaman sekin sekin bu o’rnatma o’zgaradi deb.
P.S. O'ylayotgan bo'lsangiz kerak, bu dizayn kanal, faylasufni kanaliga aylandi deb. Unaqa emas, ish jarayonimda nima menga ilhom bag'ishlaydi, nimalar meni ko'proq ishlashga chorlaydi va shunga o'xshagan kuzatishlarim bilan ham bo'lishib turaman.
Kuningiz hayrli o'tsin!
---
Farkhod Saydullaev
Product designer at Safenetpay
@farkhod_com
Post #170
293
Forwarded from Farkhod - AI PM
asaxiy.uz Фил Найт: Продавец обуви. История компании Nike, рассказанная ее основателем (покетбук) ▷ купить в ASAXIY: цены, характеристики… Купить Фил Найт: Продавец обуви. История компании Nike, рассказанная ее основателем (покетбук) по выгодной цене в ASAXIY⭐️Акции⚡️Гарантия✅Описание⌚Рассрочка⌛️Быстрая доставка по Ташкенту и Узбекистану 👉 asaxiy.uz- 👍 3
- 🔥 2