Boshqotirmaning asli: 👉 https://t.me/DrAlgorithm/1051
Rasmlarga yechish ketma-ketligi berilgan.
Yashil - agar tasdiq to‘g‘ri bo‘lsa.
Qizil - agar tasdiq inkor bo‘lsa.
Sariq - agar tasdiq shartli bo‘lsa.
Tasdiqlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarni yozib chiqaman. Har bir tasdiq va holat raqamlangan. Rasmdagi raqamlar shunga mos keladi.
1. Qo‘qon shahri Malikaning tanlovi yoki kimdir u yerda naqqoshlik bilan shug‘ullanmoqchi — lekin bulardan faqat bittasi to‘g‘ri (ikkalasi emas).
2. Zargarlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan odam buni yo Buxoroda, yoki Samarqandda bajarishni rejalashtirgan.
3. Anvar Buxoroga borishni tanladi.
4. Qo‘qon shahrini tanlagan odam naqqoshlik haqida o‘ylayotgani yo‘q. Shu sababli Malika Qo‘qonga boradi, 1 -shartning bittasi bajarilishi kerak. Naqqoshlik esa Xivada, bitta shu shahar bo‘sh.
5. Botir Xivaga boradi, Anvar esa duradgorlik hunarini o‘rganadi.
6. Demak, Anvar Buxoroda duradgorlik o‘rganmoqchi. Shu sababli Duradgorlik kasbi Buxoroda.
7. Demak Buxoroda Zargarlik emas. Zargarlik Samarqandda. (2->7)
8. Zargarlikni tanlagan odam yo Buxoro yoki Samarqandda edi (2-ishora). Buxoroda Anvar bo‘lgani uchun, u Samarqandga boradi. Samarqand faqat Kamola uchun bo‘sh.
9. Botir Xivaga boradi (5-ishora). Unga qolgan yagona hunar — Naqqoshlik.
10. Malikaga qolgan yagona shahar Qo‘qon va yagona hunar Tikuvchilik qoladi. (Bu 1-ishoradagi "Yo Qo‘qon Malikaniki, yoki Naqqoshlik Qo‘qonda" shartiga mos keladi, chunki Malika Qo‘qonda, lekin Naqqoshlik Xivada).
Natija:
Ism Shahar Hunar
Anvar Buxoro Duradgorlik
Botir Xiva Naqqoshlik
Kamola Samarqand Zargarlik
Malika Qo‘qon Tikuvchilik
Haftani yaxshi boshlab oling.
05.01.2026 London
@DrAlgorithm



