TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.61K subscribers
Post #1051 2.55K
Hunarmandlar Shahri - boshqotirma

To‘rt nafar do‘st: Anvar, Botir, Kamola va Malika ta’tilda tarixiy shaharlarga borib, milliy hunarmandchilik sirlarini o‘rganishga kelishib oldilar. Ular bittadan shahar: Buxoro, Samarqand, Xiva va Qo‘qon va bittadan hunar: Tikuvchilik, Duradgorlik, Zargarlik va Naqqoshlikni tanlashdi. Har biri biror shaharga borib, bitta hunar o‘rganib kelishi kerak.

Quyidagi ishoralardan foydalanib, kim qayerga borishini va qanday hunar o‘rganishini aniqlang:

* Qo‘qon shahri Malikaning tanlovi yoki kimdir u yerda naqqoshlik bilan shug‘ullanmoqchi — lekin bulardan faqat bittasi to‘g‘ri (ikkalasi emas).
* Zargarlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan odam buni yo Buxoroda, yoki Samarqandda bajarishni rejalashtirgan.
* Anvar Buxoroga borishni tanladi.
* Qo‘qon shahrini tanlagan odam naqqoshlik haqida o‘ylayotgani yo‘q.
* Botir Xivaga boradi, Anvar esa duradgorlik hunarini o‘rganadi.

Dam olish kunida biroz boshingizni qotiradigan savol bergim keldi. To‘g‘ri javobni ertaga chop etaman. Bugun yechimni topishga urinib ko‘ring.


Rasmdagi yechim jadvali fikrlarni yozib turishga va javobni shakllantirishga yordam beradi. Xohlasangiz o‘zingiz usiz ham urinib ko‘rsangiz bo‘ladi?

#boshqotirma

04.01.2026 London
@DrAlgorithm
  • 👍 14
  • 🆒 2
  • 🤔 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →