TGViewer
Donishmand Dasturchi Donishmand Dasturchi @donishmand_dasturchi · 1.33K subscribers
Post #309 6.99K
O'zbekistonda dasturchi bo'lib ishlashning achchiq haqiqatlari.

Men remote, xalqaro bozorda dasturchi bo'lib ishlashga qaror qilishimdagi sabablardan biri bu ishdagi erkinlikni xohlashim bo'lgan. Erkinlik - istagan vaqt, istagan joyda, qattiq bosimlarsiz ishlay olish. O'ylaymanki, agar siz o'zbek mahalliy IT kompaniyalardan birida ishlasangiz, quyidagi cheklov, taqiq va bosimlardan hech bo'lmasa bittasini ko'rgansiz yoki boshdan o'tkazgansiz.

- Haftasiga 6 kun, kuniga 8+ soat ishlash majburiyati

- Kunlik ishlar aslida sizga bog'liq bo'lmagan muammolar tufayli tugallanmay qolsa, ish vaqti tugashiga qaramasdan, ishxonada yarim kechasiga majburlab ushlab turish.

- Ishga kech qonganlik uchun, kech qolingan har bir daqiqa uchun oylik maoshdan ushlab qolinadigan qandaydir jarima.

- Ishdan erta ketib qolganlik uchun, ofisda o'tmagan har bir daqiqa uchun oylik maoshdan ushlab qolinadigan qandaydir jarima.

- Tushlik yoki tanaffus vaqtlarining judayam qat'iy qo'yilganligi va belgilanganidan ko'p vaqt sarflab yuborilganligi uchun yana qandaydir jazo.

- Ish sababidan kasal bo'lsangiz, tibbiy xarajatlaringizni qoplanmasligi yoki hech bo'lmasa davolanish davringizda ham oylik maoshingiz berilmasligi.

- Ishxonadagi qoidalarni va tizimni "Software development cycle" dan umuman xabari yo'q odamlar tuzishi va nazorat ham ularning qo'lida bo'lishi.

- Ishxonadagi motiv amalga oshirilgan yaxshi ishlar rag'batlantirilishi evaziga emas, qilingan xatolar jazolanishi ustiga qurilganligi.

- Ish vaqtida to'satdan chiqib qolgan shaxsiy muhim ishlar uchun bir necha odamlardan ruxsat olib, keyingina keta olish va shunda ham ruxsat berilmasligi ehtimolligi yuqoriligi.

- Turli shaxsiy ishlar, qandaydir uy hujjatlarini to'g'rilash yoki yaqin insonni shifoxonaga olib borish kabi faqat ish kunlarida qilish mumkin bo'lgan ishlarga ishxonaning ruxsat bermasligi yoki oyiga faqatgina bir martagina ruxsat berilishi.

- Pullik mehnat ta'tili berilmasligi


Bu hamma kompaniyalarga tegishli emas. Lekin afsuski, O'zbekistondagi aksar mahalliy kompaniyalarda yuqoridagi kabi qattiq ish cheklovlari ko'p ko'zga tashlanadi. Ishxonalar ishchilar ustidan doimiy nazoratni ushlashga harakat qilishadi. Asosiy muammolardan biri shundaki, ular ichki tizimni kamchiliklarini topib, uni bartaraf qilish yoki xalqaro kompaniyalarda qanday qilib ishchilarga erkin ish muhitini yaratib bergan holda ishning samaradorligini oshirish yo'llarini o'rganish va amaliyotga tadbiq qilish o'rniga, eng chapani - ko'proq, qattiqroq, jazoga asoslangan motiv orqali ishlatish evaziga samaradorlikni oshirishga urunishadi.

Qachondir sizning ishxonadagi haq-huquqlaringiz tiklanishini, erkinlik berilishini kutib yashamang. O'zingizga nisbatan talabchan bo'ling. Ilm oling, tajriba orttiring va kerakli insonga aylaning. O'zingizni ishxonada majburlikdan, pulga muxtoj bo'lganingiz uchungina bu bosimlarga chidab ishlaydigan holizdan olib chiqing. Bizda hali beri ishchilar haq huquqlari qattiq himoya qilinib, Yevropadagidek imtiyozlarga ega bo'lishiga hali bor. Lekin siz o'zingizni kerakli kadrga aylantirib, o'zingiz uchun istagan ish muhitini yaratishingiz mumkin.
  • 🔥 67
  • 👍 12
  • ❤ 3
More from @donishmand_dasturchi
  1. Jan 6, 2026AI haqida fikrlarim. Yosh dasturchilar uchun. Bu post balki siz AI haqida o'qishingiz kera…
  2. Mar 9, 2025Ishxonada musulmonlarga munosabat.
  3. Mar 6, 2025Nursadan offer oldim. Yaqinda Amerikadagi nursa.com kompaniyasi bilan intervyu bo'lib o'td…
  4. Dec 29, 2024IBM'dan offer oldim. Yaqinda Bahodirning tavfsiyasi bilan IBM kompaniyasida dasturiy ta'mi…
  5. Nov 11, 2024Shartnomalar. Dasturchi sifatida qanday shartnomalar tuzish mumkinligi, ularning turlari h…
  6. Jul 2, 2024Iyun. Bozorda ancha ishlar ko'payib qolgandek tuyulyapti menga. Ayniqsa start-up, crypto,…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →