TGViewer
Donishmand Dasturchi Donishmand Dasturchi @donishmand_dasturchi · 1.34K subscribers
Post #348 9.38K
IBM'dan offer oldim.

Yaqinda Bahodirning tavfsiyasi bilan IBM kompaniyasida dasturiy ta'minot muhandisi lavozimiga ishga kirish jarayonini boshdan kechirdim. Jarayon quyidagi bosqichlardan iborat bo'ldi:

Rekruter bilan suhbat: Rekruter bilan dastlabki suhbatda Polshada ishlash va yashash huquqim, vizamning amal qilish muddati, hozirgi maqomim, shartnoma turi haqida savollar berildi. Bu bosqichda kompaniya va loyiha haqida umumiy ma'lumotlar ham taqdim etildi.

Texnik suhbat (savol-javob): Bu bosqichda dasturlash bo'yicha bilimlarim, resume bo'yicha savol-javoblar bo'ldi. Loyiha suniy intellektga aloqador bo'lganligi uchun LangChain, Vector Database, ML kabi mavzulardan savollar berishdi.

Texnik suhbat (DSA): Ushbu bosqichda Rim raqamlariga oid, hash table bilan ishlanadigan mashxur masalalardan birini ishlab berishimni so'rashdi

Taklif: Suhbatlar muvaffaqiyatli o'tgach, IBMdan ish taklifi oldim. Biroq, taklif etilgan maosh hozirgi daromadimdan ancha past bo'lgani va Krakov shahriga ko'chib o'tish xarajatlarini inobatga olgan holda, taklifni rad etishga qaror qildim.

Ushbu jarayon davomida IBMning professional yondashuvi va suhbatlarning samarali tashkil etilganidan mamnun bo'ldim. Har bir bosqichda o'zim uchun yangi tajribalar oldim va kelajakdagi imkoniyatlar uchun qimmatli saboqlarni o'rgandim.

Agar siz ham yirik texnologik kompaniyalarda ishlashni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, intervyu jarayonlariga jiddiy tayyorgarlik ko'rishingizni tavsiya etaman. Ma'lumot tuzilmalari va algoritmlar bo'yicha bilimlaringizni mustahkamlash, obyektga yo'naltirilgan dasturlash tamoyillarini chuqur o'rganish va texnik savollarga aniq javob berish muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, intervyu jarayonida ochiq fikrlash va savollar berish orqali muammo haqida ko'proq ma'lumot olish, yechim topish jarayonini osonlashtiradi. Bu esa suhbat oluvchida yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradi.

Kelajakdagi intervyularda barchangizga omad tilayman!
  • 🔥 72
  • 👍 23
  • ❤ 3
  • 🆒 3
More from @donishmand_dasturchi
  1. Jan 6, 2026AI haqida fikrlarim. Yosh dasturchilar uchun. Bu post balki siz AI haqida o'qishingiz kera…
  2. Mar 9, 2025Ishxonada musulmonlarga munosabat.
  3. Mar 6, 2025Nursadan offer oldim. Yaqinda Amerikadagi nursa.com kompaniyasi bilan intervyu bo'lib o'td…
  4. Nov 11, 2024Shartnomalar. Dasturchi sifatida qanday shartnomalar tuzish mumkinligi, ularning turlari h…
  5. Jul 2, 2024Iyun. Bozorda ancha ishlar ko'payib qolgandek tuyulyapti menga. Ayniqsa start-up, crypto,…
  6. Jun 19, 2024Qachonki ishxonang noutbuk borasida juda saxiy bo'lsa. Birini kod yozishga, birini kino ko…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →