Overemployment.Disclaimer: faqat pul haqida gaplashamiz.Avval boshqa dasturchilarning bir vaqtda bir nechta ishda ishlagan vaqtlari va bu davrdagi turli qiyinchiliklari haqida hikoyalarini eshitgandim. Men ham sal kam 3 oydan beri 2 ta ishda ishlayapman. Bu vaqt davomida juda qattiq stressli kunlarni boshdan o'tkazdim. Bunga sabab faqatgina ikkita ishda ishlaganim emas. Ikkala ishning deyarli bir xil vaqtda boshlangani va ikkalasida ham ish ko'p va qiyin qismiga to'g'ri kelib qolgani, boshqa davlatga ko'chib o'tishim, universitetda o'qishni boshlashim hammasi bir vaqtda sodir bo'lgani vaziyatni judayam qiyinlashtirib yubordi. Hozir ham judayam erkin va ko'p vaqtga ega emasman. Bularning hammasini bittagina yaxshi tomoni bo'ldi xolos - pul.
O'tgan ikki yarim oy mobaynida, o'tgan bir yilda ishlab topgan pulimdan ko'proq topdim. Keyin yaxshilab o'ylashni boshladim. 1 yil erkin kamdaromadli ish yaxshimi yoki 2 oylik judayam stressli ish? Balki bir vaqtda 2 tadan ham ko'proq kompaniyalarda full-time ishlab bo'lar. Bu degani bitta kompaniyada 3 yilda topadigan pulni, bir vaqtda 3 ta joyda ishlab 1 yilda topishdek. Lekin hammasi bunchalik oddiy emas. Siz duch kelgan kompaniyalarda parallel ravishda ishlay olmaysiz. Oyliklar ham ishxonadan ishxonaga qarab farq qiladi.
Kasbingiz orqali ko'proq daromad topishning bunaqa usulini
horizontal salary growth deb olsak, o'z tajribangiz, bilimingizni o'stirish orqali oylik darmodangizni o'sishini
vertical salary growth deb atasak bo'ladi.
Vertical Salary Growth.Bitta kompaniyada ishlab bilim va tajribangizni oshirib, doimiy ravishda o'z ustingizda ishlab, oylikni oshirish ancha vaqt oladigan jarayon. Hech bir kompaniya har 3 oyda oylikni oshirishni istamaydi. Bundan tashqari o'zingizni texnik tomondan rivojlantirish ham ancha vaqt oladi. Lekin shunga qaramasdan, keling bazi Top kompaniyalardagi average L2-L3 SWE'lar oylik maoshlarini ko'raylik. Glassadordan olgan birinchi qidiruv natijamga ko'ra Google'da L2 darajadagi SWE uchun yillik o'rtacha maosh -
$79K - $147K. Hmm, yomonmas...
Shaxsiy fikrim shundayki, long term uchun shu yo'lni tanlagan yaxshi. Boshlanishiga oylik kamroq bo'lsa ham bitta ish. Lekin o'sha bitta tanlayotgan ishingiz sizga haqiqatda bilim va tajribangizni oshirishingizda yordam berishi kerak. Shunchaki vaqtni sotib, pul oladigan joy bo'lishi kerak emas. Chunki long run'da baribir, ko'proq bilim va tajribali odamlar yutadi.
Horizontal Salary Growth.Yuqorida aytganimdek, o'zingizni rivojlantirish hisobiga emas, ish joylarini ko'paytirish hisobiga ham oylik daromadni oshirish mumkin. Keling Mid-level darajadagi SWE'larning o'rtacha yillik maoshini ko'raylik. Google'da Yevropadagi Node.js dasturchilarning o'rtacha yillik maoshini so'raganimda birichi natija -
$68k - $81k. Shuni 70k deb olaylik. Shunda, siz agar bir vaqtda 3 ta full-time ishda ishlay olsangiz, 70k * 3 = $210k. Xullas, siz bilan bir xil texnik bilimga ega odam bitta kompaniyada ishlaganidan ko'proq topasiz.
Bu yerdagi qiziq holat shundaki agar siz, ko'p joyda ishlasangiz va bilimingizni ham bir vaqtni o'zida oshirib bola olsangiz, oylik triple yoki quadriple o'sishi mumkin, agar hamma ishxonalariz oylikni oshirishsa. Yani 2 ta joyda ishlaydigan Senior dasturchi, ikkita joyda ishlaydigan Middle dasturchidan ko'proq topadi. Bu yerda Middle va Senior atamalari bilim darajasiga nisbatan ishlatildi.
Men bir vaqtda 5 ta ishda ishlab, yiliga 1 million dollar topadigan SWE
hikoyasini eshitganimda, rosti ancha hayron qoldim. U overemploymentni anchagina yaxshi tomonlarini sanab bergan.