Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekiston juda katta qurilish-bunyodkorlik diyoriga aylandi. Butun boshli yangi shaharlar qurmoqdamiz. Ushbu universitet mana shu qurilishlar uchun davlatimizga professional muhandis, loyihachi, arxitektor kadrlar yetkazib berishga ixtisoslashgan. Saida Shavkatovna O‘rta Osiyoda o‘rni katta bo‘lgan bu taʼlim dargohidagi o‘qitish sistemalari, talabalar uchun sharoitlar, o‘quv dasturlari bilan tanishdi.
Oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.
Saida Mirziyoyeva taʼlim dargohida tahsil olayotgan talabalarni nostandart loyihalar, kreativ yechimlar, murakkab zamonaviy dizaynlar qura oladigan arxitektorlar, muhandislar tayyorlash uchun kerakli vazifalar belgilab berdi.
Umid qilamizki, yaratilayotgan sharoitlarda tahsil olgan yoshlarimiz nafaqat davlatimizda, balki dunyoni hayratlantiradigan zamonaviy yangi avlod arxitektorlar bo‘lib yetishadilar.
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14439
4.5K




- 👍 28
- ❤ 20
- 👏 20
- 🔥 16