TGViewer
Isroil Tillaboyev blogi Isroil Tillaboyev blogi @domlajon · 18.9K subscribers
Post #14437 6.08K
Namangandagi bog‘cha fojeasidagi aybdor deb hisoblanayotgan o‘sha kimsa avval sudlanib, qamalib chiqqanini yozishgandi. Shundan so‘ng vazirlik respublikadagi hamma bog‘cha va maktablarni bir boshdan tekshirilishini aytgan edi. Mana bunday qilib hamma xodimlarni tekshiruv uchun maʼlumotlari so‘ralmoqda ekan. Men bunga baho bergani inson huquqlari bo‘yicha mutaxassis emasman, lekin tan olaylik, maktab, bog‘chalarda alimentdan qochib bir balo texnik ishlarga kirib olganlar topiladi, ATIlarda ishlash majburiy qilib belgilanganlar ham maktab bog‘chalardan baʼzan qo‘nim topganini ko‘rganmiz. Men mana shundaylarni taʼlim dargohida ishlashiga qarshiman, taʼlim dargohida halol, namunali insonlar ishlashi kerak, bu yerda ishlash talabini qattiq qo‘yish shart, bu qanchalik og‘ir bo‘lmasin, kerak bo‘lsa qayta qonunchilikka o‘zgartirish kiritish kerak. Ota-onalar behavotirligi va bolalar xavfsizligi uchun. Qamalib chiqqan, ayniqsa og‘ir jinoyatlar bilan qamalib chiqqanlarni bu dargohga olmaslik kerak. Og‘ir, bahsli, zarur yurish.

Masalaning yana bir tomoni borki, bu maʼlumotnomani olish pulli deyishmoqda, 12 ming so‘mga yaqin. Nega yuz minglab xodim shuncha pul to‘lab olib berishi kerak, bu ish avvalo davlat masʼullariga kerak ekan vaqtincha bepul qilish kerakdir balki shu xizmatni?

@domlajon
t.me/domlajon
  • ❤ 37
  • 👍 35
  • 💯 9
  • 👏 4
  • 🔥 1
More from @domlajon
  1. Oct 6, 2026Sho‘rlik qizlar bizdagi taqdirlashlarni ko‘rib, tug‘ilsayding shunday go‘zal O‘zbekistonda…
  2. Oct 6, 2026📣 BOSHLANG‘ICH TA’LIM USTOZLARI UCHUN YUTUQLI ONLAYN OLIMPIADA! Bilimingizni sinang, atte…
  3. Oct 6, 2026🌟 FIDOYI USTOZLAR #fidoyi_ustozlar O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi —Dilorom Mamasharipova B…
  4. Oct 6, 2026O‘zbekistonda o‘zbek tilini hurmat qilmaydigan har qanday tashkilot, kompaniya sharmandali…
  5. Oct 6, 2026Bloger o‘zbek tilida gapirishni so‘ragani uchun Centrum Air aviakompaniyasi samolyotidan c…
  6. Oct 6, 2026Ta’lim tizimiga qanday vazir kerak? Siyosatshunos Hamid Sodiq "Tanaffus" podkastining 11-s…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →