Endi yozsam bo‘lar, ishdan ketdi-ku: Shu yil fevralda tayinlangan Ilhom Siradjev qanday ishladi, taʼlimni isloh qilishni eplay oldimi?
Siradjev juda qisqa muddat bu lavozimda o‘tirdi, fevralda tayinlangan edi. U kishining bu lavozimga qo‘yilishini, to‘g‘risi, hech kim kutmagan edi. Lekin shu qisqa muddatda u kishi o‘zini ko‘rsata oldi, deb o‘ylayman.
Men hozir o‘qituvchi ko‘zi bilan, shu onda esimga kelganlari, bevosita bilishimiz mumkin bo‘lgan ishlariga qarab gapira olaman.
U kishi eng avvalo 6 oylar davomida attestatsiyadan norozi bo‘lib, sudlarga ham berib, vazirlik avvalgi xodimlari tan olmasdan, tarixchi o‘qituvchilar kimga dodini aytishni bilmay turganda o‘zi masalani qo‘lga olib, o‘qituvchilarga attestatsiyada ball qo‘shtirib berdi. Haqiqatni tiklashi tufayli minglab o‘qituvchilar xursandchiligiga sabab bo‘lgandi.
Shuningdek, u kishi avval vazirlikning moliyaviy departamentida, vazirlikning eng halol jamoasida ishlagan kishi sifatida moliyaviy tomondan sensatsion o‘zgarish, takliflarni ishlab chiqqan odam sifatida esda qoladigan masʼul bo‘lib qoladi.
Avvalo, maktablarda deyarli orzu bo‘lgan matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlarini 2 guruhga bo‘lib o‘qitish taklifi tarixiy qaror, desam bo‘ladi. Mana shu birgina taklifni ishlab chiqib, uni qo‘rqmasdan, qaytarmasdan Prezidentga taqdim qilishining o‘zigayoq shlyapamni yechaman. Bu qaror butun millat rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqadi.
Shuningdek, shu fan o‘qituvchilariga sertifikat olsa, 50 foiz ustama belgilash taklifi ham O‘zbekistonda muhandislik yo‘nalishi kelajakda rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Umuman olganda, kuni kecha Prezident tomonidan eʼlon qilingan katta imtiyozlarni hozirda, albatta, eng avvalo ushbu lavozimdagi kadr Davlat rahbariga olib kirishi sir emas. Shu va biz bilmagan yana ko‘plab ishlariga nazar solib, Ilhom Siradjevning qisqa faoliyatiga nazar solib, xalqqa foydali ishlarni qila oldi, deb ayta olamiz. Rahmat!
Shu lavozimga yangi tayinlangan Obid Hakimov ham iqtisod bo‘yicha juda kuchli kadr ekanini bilamiz. Taʼlimimizning hamma teshigi eng avvalo iqtisodiy tarafdan islohotga muhtojligini hisobga olsak, Prezidentning kimsan butun boshli iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisini taʼlim kuratorligiga kelishi bu taʼlim tizimining katta yutug‘i, deb o‘ylayman, bunday katta kadrdan ham ko‘p narsalarni kutishimiz mumkinligiga ishonsak bo‘ladi. Vaqt o‘tsa, ko‘raveramiz natijani.
Har ikki kadr faoliyatiga omad tilaymiz!
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14432
5.52K


- 👍 88
- ❤ 31
- 💯 6
- 😁 3