TGViewer
Channel Public Channel
Doktorantura Official || PhD, DSc

Doktorantura Official || PhD, DSc

@doktaranturaofficial

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ya'ni doktorantura(PhD, DSc) boʼyicha eng yaxshi va sifatli kanal!

Savol va reklama murojaatlari uchun:
@nordicedu
Subscribers
3.64K
Photos
184
Videos
21
Links
290
Recent Posts 20 shown
Post #477 1.28K
#Doktorantura_PhD_DSc
#Qabul_2027

⏳ BUGUN OXIRGI KUN — 6 SOAT QOLDI!

📌Hujjatlarni bugun, 15-oktabr soat 23:59 gacha yuborishni unutmang!

❗️Yuklashdan oldin hujjatlaringizni birma-bir tekshiring:

✅ Obyektivka — 3.5 shaklida tayyorlangan, ma’lumotlar to‘liq va yangilangan bo‘lsin.
✅ Til sertifikati — talab etiladigan hollarda uning darajasi, amal qilish muddati va shaxsiy ma’lumotlaringiz to‘g‘riligini tekshiring.
✅ Bakalavr va magistr diplomlari — barcha ilovalari bilan to‘liq bo‘lsin. Tizimda avtomatik ko‘ringan ma’lumotlarni ham tekshiring. DSc uchun ilmiy daraja diplomi ham kerak.
✅ Ilmiy ishlar:
🔹 PhD — kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis.
🔹DSc — kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis.

📑 Har bir maqola va tezis uchun:
🟣Jurnal yoki to‘plam muqovasi;
🟣 Mundarijasi;
🟣 Ilmiy ishingiz joylashgan barcha sahifalar;
🟣 Ochiladigan, to‘g‘ri URL havolasi mavjudligini tekshiring.

✅Ustuvor yo‘nalishlar uchun — tashkilot talablariga mos tadqiqot ishi taqdimotini (Research Proposal) yuklashni unutmang.


📂 Fayllar formatiga e’tibor bering!
Hujjatlarning deyarli barchasini PDF formatida tayyorlang. Har bir bo‘limda platforma ko‘rsatgan format va hajm talabiga amal qiling; taqdimot uchun alohida format belgilangan bo‘lsa, shunga moslang.

🔎 Yakuniy tekshiruv:
— Fayllar ochilyaptimi, matnlar aniq o‘qilyaptimi?
— Sahifalar to‘liqmi, kesilib qolmaganmi?
— Har bir hujjat tegishli bo‘limga yuklanganmi?
— Tashkilot, ixtisoslik shifri va ta’lim shakli to‘g‘rimi?
— Ariza qoralamada qolmaganmi?

‼️ Hujjatni yuklash bilan cheklanmang — ariza yuborilganini ham tekshiring! Muddat uzayishiga umid qilib, oxirgi daqiqagacha kutmang.

👨‍💻 Hujjatlarni tayyorlash, PDF formatiga keltirish va tizimga yuklash bo‘yicha yordam xizmati mavjud.

📩 Murojaat: @phd_yordam
📢 @doktaranturaofficial
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🫡 1
Post #476 1.41K
⭕️⭕️⭕️
⚡️⚡️⚡️Qabul yakunlangandan so‘ng faqatgina ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tahrirlash mumkin!

Ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha hujjatlari qabul qilingan talabgorlar qabul yakunlanganidan keyin ham ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini 2026-yil 30-oktabrga qadar yangilashlari mumkin.

Buning uchun:
1. daraja.ilmiy.uz tizimidagi shaxsiy kabinetingizga kiring.
2. Taqdimot yuklangan bo‘limdagi “Fayl almashtirish” tugmasini bosing.
3. Yangilangan taqdimot faylini yuklang.

Faylni almashtirish tartibi videoda ko‘rsatib berilgan.

Taqdimotingizni takomillashtirish uchun berilgan qo‘shimcha vaqtdan unumli foydalaning!

📢 @doktaranturaofficial
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #475 1.74K
#Doktorantura_PhD_DSc
#Qabul_2027

Ertaga(15-oktabr 23:59) oliy ta'limdan keyingi ta'lim shakllariga qabul jarayonlari yakunlanadi, hozircha qabul jarayoni cho'zilishi haqida rasmiy ma'lumot yo'q❗️

📢 @doktaranturaofficial
  • 👌 10
Post #474 3.01K
👩‍🎓 Daraja.ilmiy.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni joylashtirish xizmati — 200 000 so‘m

Xizmat doirasida:

☑ Shaxsiy kabinet ochish va ma’lumotlarni kiritish.
☑ Tegishli qabul turi, yo‘nalish va ixtisoslikni tanlashda yordam.
☑ Hujjatlarni talab etilgan formatga o‘tkazish.
☑ Word va rasmlarni PDF qilish.
☑ PDF fayllardan kerakli sahifalarni ajratib olish, ortiqcha sahifalarni olib tashlash.
☑ Bir nechta PDF faylni birlashtirish yoki alohida fayllarga bo‘lish.
☑ Fayl hajmini belgilangan limitga moslab kichraytirish.
☑ Skan hujjatlarni to‘g‘rilash, chetlarini kesish va o‘qilishini yaxshilash.
☑ Diplom, ilova, maqola, tezis va boshqa hujjatlarni tartiblash hamda nomlash.
☑ Hujjatlarni saytning tegishli bo‘limlariga yuklash.
☑ Ariza va yuklangan fayllarning to‘liqligini tekshirish.
☑ Arizani yuborish va uning holatini tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma berish.

📌 Xizmat ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni texnik tayyorlashni qamrab oladi. Qabul qilinishni kafolatlamaydi.

Murojaat uchun: @phd_yordam
  • ❤ 13
  • 🔥 5
  • 👍 3
Post #473 3.43K

Forwarded from Uzbekonomics

PhD Economics and industry

Masalan, Amazon yiliga o'rtacha 22ta iqtisodiyot yo'nalishida PhD qilgan bitiruvchilarni ishga olar ekan.

Metodologiyasini aniq bilmadim, lekin ro'yxatda investment banklar ko'proq bo'ladi deb kutgandim.

@uzbekonomics
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #471 4.38K
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 🫡 2
Post #469 4.75K
🎓 USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK!

Har bir ilmiy yutuq ortida yo‘l ko‘rsatgan, savol berishga undagan va izlanishdan to‘xtamaslikni o‘rgatgan ustozning hissasi bor.

Bugun barcha ustozlar, ilmiy rahbarlar va murabbiylarga bilimlari, sabrlari hamda shogirdlariga bildirgan ishonchlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Sizga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonib yurishni tilaymiz. Ilm yo‘lida qilayotgan mehnatingiz doimo qadrlansin!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! ✨

📢 @doktaranturaofficial
  • ❤ 6
Post #468 3.78K
🎉 USTOZLAR BAYRAMIGA MAXSUS — 30% CHEGIRMA!

Hurmatli ustozlar, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ilmiy maqola va tezis tayyorlash xizmatlariga 30% chegirma e’lon qilamiz! 🎁

📚 Tadqiqot mavzuingiz va taqdim etgan materiallaringiz asosida:

☑ Ilmiy maqola va tezis matnini tayyorlashga ko‘mak;
☑ Matnni ilmiy-uslubiy va imloviy tahrirlash;
☑ Jurnal yoki konferensiya talablariga mos rasmiylashtirish;
☑ Iqtiboslar va adabiyotlar ro‘yxatini tartibga keltirish.

👩‍🎓 Ilm yo‘lidagi keyingi qadamingizni bayram chegirmasi bilan boshlang!

📩 Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun kanal administratoriga «USTOZ» deb yozing.
@nordicedu

Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklaymiz!

@doktaranturaofficial
  • 👍 6
  • ❤ 2
  • 🔥 1
  • 🫡 1
Post #467 4K
Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish uchun yangilangan video qo'llanma
🔗 @doktaranturaofficial
  • 👍 5
  • 🔥 1
  • 🫡 1
Post #466 4K
2027.pdf1.1 MB
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️⚡️⚡️.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi.

Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.

Kvotalar quyidagicha belgilangan:
stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
doktoranturaga — 540 ta.

Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.

Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi.

🔗 @doktaranturaofficial
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • 🔥 2
Post #465 3.33K
📚 DOKTORANTURAGA TOPSHIRAYOTGAN MAQOLA VA TEZISLARINGIZNI TEKSHIRIB CHIQDINGIZMI?

Maqola va tezislarning soni yetarli bo‘lishi bilan ish tugamaydi. Ularning tadqiqot mavzusiga aloqasi, nashr etilgan sanasi va haqiqatan chop etilganini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham muhim.

🔹 PhD — tayanch doktorantura

Talabgorda PhD tadqiqotiga asos bo‘la oladigan ilmiy natijalar, jumladan, ilmiy jurnalda chop etilgan kamida 1 ta maqola va tegishli yo‘nalishdagi ilmiy ishlar to‘plamiga kiritilgan kamida 2 ta ma’ruza tezisi bo‘lishi kerak.

Maqola va tezislar tanlangan tadqiqot yo‘nalishi bilan mazmunan bog‘liq bo‘lsin. Masalan, pedagogika metodikasi bo‘yicha izlanmoqchi bo‘lgan talabgor boshqa sohaga oid nashrlarining PhD tadqiqotiga qanday asos bo‘lishini tekshirishi zarur.

Magistraturadan keyin chop etilishi shartmi?

Amaldagi umumiy nizom PhD uchun maqola va tezislar faqat magistraturani tugatgandan keyin chop etilgan bo‘lishi kerak, deb belgilamaydi. Magistraturada o‘qish davridagi nashrni sanasigagina qarab avtomatik rad etilgan deb hisoblamang. Uning mazmuni va qabul talablari bo‘yicha mosligini tekshiring.

🔸 DSc — doktorantura

DScga kirishda PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy daraja olingandan keyingi muhim ilmiy yutuqlar ahamiyatli. DSc tadqiqotiga asos bo‘la oladigan kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis talab etiladi. Shuning uchun “PhD diplomidan keyin chiqqan ishlar qabul qilinmaydi” degan gap noto‘g‘ri.

🔗 NASHRNING ASL HAVOLASINI HAM TAYYORLAB QO‘YING

Hujjat topshirishdan oldin har bir maqola va tezis uchun imkon qadar quyidagilarni jamlang:

✅ maqola joylashtirilgan jurnalning rasmiy saytidagi bevosita sahifa havolasi;
✅ tezis kiritilgan konferensiya to‘plamining rasmiy sahifasi yoki elektron to‘plam havolasi;
✅ mavjud bo‘lsa, DOI havolasi;
✅ jurnal yoki to‘plam nomi, soni, yili, sahifalari va ishning PDF nusxasi.

Faqat sertifikat yoki o‘zingiz yuklagan fayl havolasi nashrning asl manzilini ko‘rsatib bermasligi mumkin. Havolani ochib, unda ish nomi, muallif, nashr sanasi va maqola yoki tezisning o‘zi ko‘rinishini oldindan tekshiring. Bu nashr haqiqiyligini aniqlashni osonlashtiradi.

📌 Eslatma: Umumiy nizom nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalarini taqdim etishni belgilaydi. Agar siz tanlagan muassasaning qabul e’loni yoki elektron tizim har bir nashrning internet manzilini ham so‘rasa, asl havolani albatta kiriting.

Hujjat topshirishdan oldin har bir nashrni uch savol bilan tekshiring: Mavzuga mosmi? Kerakli davrda chop etilganmi? Asl nashrini topib bo‘ladimi?

📢 @doktaranturaofficial

📖 Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizom.
  • 👍 4
  • ❤ 3
  • 🔥 1
Post #464 3.22K
📚 ILMIY ISHLARINGIZDA QAYSI BOSQICHDA YORDAM KERAK?

Kanalimizdagi so‘rovnomada siz eng ko‘p dissertatsiya rejasini tuzish, maqola chop ettirish va ilmiy maqola yozish bo‘yicha yordam kerakligini bildirdingiz. Shu ehtiyojlardan kelib chiqib, quyidagi xizmatlar bo‘yicha murojaatlarni qabul qilamiz:

☑ Dissertatsiya mavzusi va rejasini ishlab chiqishda ko‘mak
☑ Ilmiy maqola va tezis tayyorlash
☑ Research proposal — tadqiqot ishi taklifini tayyorlash
☑ Tadqiqot ma’lumotlarini statistik tahlil qilish
☑ Matnni ilmiy tahrirlash va tarjima qilish
☑ O‘xshashlik ko‘rsatkichini tahlil qilib, manbalarni to‘g‘ri keltirish va matnni qayta ishlash
☑ Yo‘nalishingizga mos jurnalni tanlash hamda maqolani topshirish jarayonida ko‘maklashish

📌 Har bir murojaat mavzu, yo‘nalish, talablar va muddatga qarab alohida ko‘rib chiqiladi.

✉️ Sizga qaysi xizmat kerak? Xizmat nomi + ilmiy yo‘nalishingiz + muddatni yozib, kanal ma’muriyatiga murojaat qiling.

Murojaat uchun: @nordicedu

🔗 @doktaranturaofficial
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #463 3.12K
  • ❤ 1
Post #458 4.75K
⏱ BOSHLANISHIGA 4 SOAT QOLDI!

Bugun soat 13:00 da @doktaranturaofficial kanalida 2027-yilgi tayanch doktoranturaga qabul va kirish imtihonlari haqida jonli ovozli chat bo‘lib o‘tadi. 🎙

Hujjatlar, xorijiy til sertifikati yoki imtihonlar bo‘yicha savolingiz bormi? Shu post izohida yozib qoldiring — jonli muloqotda muhokama qilamiz. 👇

Ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, postga 🔥 reaksiya qoldiring! Ko‘rishguncha!

📍@doktaranturaofficial
  • 🔥 34
  • 👍 10
  • ❤ 4
  • 😁 1
Post #456
Live stream scheduled for Sep 27 at 08:00
Post #455 6.4K
🎙 OVOZLI CHAT | TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL VA IMTIHON JARAYONLARI

Tayanch doktorantura orqali PhD bosqichida tahsil olishni rejalashtiryapsizmi?

2027-yil uchun tayanch doktoranturaga hujjat topshirish, qabul talablari va kirish imtihonlaridagi yangiliklar sizni qiziqtiryaptimi?

❗️ Unda ushbu jonli muloqot aynan siz uchun!

📌 Ovozli chatda nimalar muhokama qilinadi?
➖ Tayanch doktoranturaga hujjat topshirish tartibi;
➖ Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati;
➖ Qabul jarayonidagi yangilik va o‘zgarishlar;
➖ Mutaxassislik fanidan kirish imtihoni;
➖ Xorijiy til sertifikatiga qo‘yiladigan talablar;
➖ Imtihonlarni tashkil etish va baholash mezonlari;
➖ Nomzodlar yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolar;
➖ Ishtirokchilar bilan jonli savol-javob


👨‍🎓 Maxsus mehmon:
Ahmedov Baxodir Baxramovich — Farg‘ona davlat universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

🎧 Rasmiy ma’lumotlar. Yangilangan talablar. Aniq javoblar. Jonli muloqot.

🗓 Sana: 27-sentabr 2026-yil, yakshanba
🕐 Vaqti: soat 13:00
💻 Format: onlayn
📍Manzil: @doktaranturaofficial kanalida jonli ovozli chat

🔗 Kanalga qo‘shiling va doktorantura bo‘yicha muhim yangiliklardan xabardor bo‘ling:
👉@doktaranturaofficial

📢 Eslatma: Kanal ma’lumotlaridan foydalanganda manba sifatida kanal havolasini ko‘rsatishni unutmang!

@doktaranturaofficial

👉 DOKTORANTURA OFFICIAL — ilmiy yo‘lingizdagi ishonchli hamroh.
  • ❤ 10
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #452 3.37K
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @doktaranturaofficial without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Doktorantura Official || PhD, DSc: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Doktorantura Official || PhD, DSc have?
Doktorantura Official || PhD, DSc (@doktaranturaofficial) has 3.64K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Doktorantura Official || PhD, DSc know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →