SaboqMayda narsalarga ko'p e'tibor qaratish = stress va kechikishlarga olib keladi. Odam o'zi sezmagan holda perfeksionizm bo'lib qolishi mumkin: 99% muvaffaqiyatli bajardi, ammo bor e'tibori 1% da.
Bu vaziyatda Stress yuzaga keladi, miyada Stop holati bo'ladi.
Yuqoridagi rasmda: kursdagi mentor ustozimning gapi judaham to'g'ri ekan. (vertexlarni collaps qilvorishni bilmay yarim kunim stressga ketgandi)
Endi umumiy hulosa, istalgan narsani: o'rganish bo'ladimi, yoki istalgan vazifani bajarish bo'ladimi asosiy maqsad doim yodda turishi kerak. Intizom kayfiyatga emas, odatga bog'liq ekan.
Oddiy fakt, istalgan onlayn kurslarda kursni muvaffaqiyatli tugatish foizi o'ta past. Bunga sabab qilib ko'pchilik, nazortni yo'qligini yoki intizomni yo'qligini keltirishadi. Lekin sabab va oqibat har doim ham biz o'ylagandek emas.
Misol uchun kursni harid qilgan vaqtingizdagi ishtiyoq va 1-darsni ko'rishni boshlab oxirigacha ko'rib tugatish orasidagi ishtiyoq bir biridan farq qiladi. Ko'pchilik 80% o'zlashtirayotganini sezmaydi va tushunarsiz 20% ga e'tibor qaratishadi. Bu stress va keyingi bosqichga o'tishda miyaga stop qo'yadi. Ana shu joyda to'xtash sodir bo'ladi
Biror narsani o'rganishni boshlaganingizda 80% anglayotganingizni ongli bilib turing va noaniq bo'layotgan bilimlarga bor e'tiboringizni qaratmang. Chunki energiya cheklangan.
Muvaffaqiyat ba'zan mukammal qilishda emas, mayda xatolarda to'xtalmaslikda va shu sabab chekinmaslikda ekan. O'zingizni keraksiz streslardan himoya qila olsangiz, oldinga yurish osonroq va qiziqarliroq bo'ladi.
Bu xulosam uchun
mentorga alohida rahmat)