TGViewer
3D amaliyot | challenge 3D amaliyot | challenge @diziprochallange · 287 subscribers
Post #96 179
3D amaliyot | challenge Photo
Saboq

Mayda narsalarga ko'p e'tibor qaratish = stress va kechikishlarga olib keladi. Odam o'zi sezmagan holda perfeksionizm bo'lib qolishi mumkin: 99%  muvaffaqiyatli bajardi,  ammo bor e'tibori 1% da.
Bu vaziyatda Stress yuzaga keladi, miyada Stop holati bo'ladi.

Yuqoridagi rasmda: kursdagi mentor ustozimning gapi judaham to'g'ri ekan. (vertexlarni collaps qilvorishni bilmay yarim kunim stressga ketgandi)

Endi umumiy hulosa, istalgan narsani: o'rganish bo'ladimi, yoki istalgan vazifani bajarish bo'ladimi asosiy maqsad doim yodda turishi kerak.  Intizom kayfiyatga emas, odatga bog'liq ekan.

Oddiy fakt, istalgan onlayn kurslarda kursni muvaffaqiyatli tugatish foizi o'ta past. Bunga sabab qilib ko'pchilik, nazortni yo'qligini yoki intizomni yo'qligini keltirishadi. Lekin sabab va oqibat har doim ham biz o'ylagandek emas.

Misol uchun kursni harid qilgan vaqtingizdagi ishtiyoq va 1-darsni ko'rishni boshlab oxirigacha ko'rib tugatish orasidagi ishtiyoq bir biridan farq qiladi. Ko'pchilik 80% o'zlashtirayotganini sezmaydi va tushunarsiz 20% ga e'tibor qaratishadi.  Bu stress va keyingi bosqichga o'tishda miyaga stop qo'yadi. Ana shu joyda to'xtash sodir bo'ladi

Biror narsani o'rganishni boshlaganingizda 80% anglayotganingizni ongli bilib turing va noaniq bo'layotgan bilimlarga bor e'tiboringizni qaratmang. Chunki energiya cheklangan.

Muvaffaqiyat ba'zan mukammal qilishda emas, mayda xatolarda to'xtalmaslikda va shu sabab chekinmaslikda ekan. O'zingizni keraksiz streslardan himoya qila olsangiz, oldinga yurish osonroq va qiziqarliroq bo'ladi.

Bu xulosam uchun mentorga alohida rahmat)
  • 🔥 5
  • 🤝 1
More from @diziprochallange
  1. Sep 13, 2026Foydasi tegayotgan bo‘lsa xursandman 👍
  2. Sep 13, 2026👥 Jami foydalanuvchilar: 123 ✅ Mind kartalariga obuna: 47
  3. Aug 18, 2026✅ Takrorlash tizimi olib tashlandi, endi bot kuniga faqat yangi karta yuboradi, hech qanda…
  4. Aug 12, 2026👥 Jami foydalanuvchilar: 45 ✅ Mind kartalariga obuna: 15
  5. Aug 12, 2026Bot tayyor bo‘ldi, test qilib ko‘rishingiz mumkin. Fikrlar takliflar bo‘lsa marhamat
  6. Aug 12, 20263ds Max’ni oson o‘rganishga yordam beruvchi bot! Ortiqcha gaplarsiz, botning asosiy imkoni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →