🚨 Pentagon tizimida yirik ma’lumotlar sizib chiqishi aniqlandi
AQSh Mudofaa vazirligining Defense Manpower Data Center (DMDC) tizimiga ruxsatsiz kirish natijasida 3 milliondan ortiq kishining shaxsiy ma’lumotlari xavf ostida qolgan.
Hujumchilar 2025-yil oktabridan 2026-yil iyuligacha tizimdagi fayllarga kirish imkoniga ega bo‘lgan. Muammo fayl almashish tizimidagi xavfsizlik zaifligi bilan bog‘liq bo‘lib, Pentagon uni 16-iyul kuni aniqlab, tuzatgan.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, sizib chiqqan ma’lumotlar orasida ism, tug‘ilgan sana, telefon raqami, Social Security Number (SSN) va ayrim hollarda harbiy lavozim yoki mutaxassislik haqidagi ma’lumotlar bo‘lgan.
Jabrlanganlar orasida taxminan 2,76 mln tirik va 294 ming vafot etgan shaxs bor.
Hozircha Pentagon ma’lumotlardan noqonuniy foydalanilganiga dalil topilmaganini bildirgan. Xavf ostidagi shaxslarga 12 oylik kredit monitoringi taqdim etilmoqda.
@digitalqala
Post #172
436

- 🤯 3
- 🔥 1