TGViewer
Raqamli Qal'a Raqamli Qal'a @digitalqala · 666 subscribers
Post #171 502
Oʻzbekistonda buxgalterlarga soxta toʻlov topshiriqnomalari orqali hujum qilinmoqda ⚠️

ONESEC ekspertlari Oʻzbekiston tashkilotlariga zararli dasturiy taʼminotning ommaviy tarqatilayotganini aniqladi. Hujumlarning asosiy nishoni — buxgalterlar va toʻlov hujjatlari bilan ishlaydigan xodimlar.

Kiberjinoyatchilar Oʻzbekistondagi yirik va taniqli fintech kompaniyalari nomidan yuborilgandek koʻrinadigan xatlardan foydalanmoqda. Xat ichida esa odatiy nomdagi PDF fayl mavjud:

📄 payment-order-XXX.pdf

Bir qarashda bu oddiy toʻlov topshiriqnomasi. Ammo hujjat ichida uni yuklab olish tugmasi koʻrinishida yashirilgan havola mavjud.

Havolaga bosilganda kompyuterga arxiv yuklanadi va undan Remote Utilities — masofadan ulanish imkonini beruvchi dastur oʻrnatiladi. Shu tariqa, odatiy ish hujjati niqobi ostida hujumchilar kompyuterga masofadan ulanish va undagi maʼlumotlarga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritishi mumkin.

Nima qilish kerak?
🔺 Kutilmagan toʻlov hujjatlarini ochmang va ular ichidagi havolalarga oʻtmang.
🔺 Bank nomidan xat kelgan boʻlsa, uning haqiqiyligini bankning rasmiy sayti yoki rasmiy aloqa raqami orqali tekshiring.
🔺 Faylni ochib yuborgan yoki yuklab olishni boshlagan boʻlsangiz — kompyuterni tarmoqdan uzing va axborot xavfsizligi mutaxassislariga xabar bering.

Shuningdek, buxgalteriya boʻlimi va toʻlovlar bilan ishlaydigan xodimlarni albatta ogohlantiring. Ushbu hujum aynan odatiy ish jarayoniga qaratilgan: tanish xat yuboruvchi, odatiy hujjat va bir dona klik.

©ONESEC

@digitalqala
  • 🤯 3
  • 🤔 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @digitalqala
  1. Oct 7, 2026🍇Uzum Cybersecurity Hackathon Kuchli loyiha sizga nafaqat sovrinli o'rinni, balki undan h…
  2. Oct 5, 2026#SI Sun’iy intellekt sekin-asta nazoratimizdan chiqib boryaptimi yoki sun’iy intellekt kom…
  3. Oct 4, 2026#parol Top 100 ta eng yomon parol — agar sizniki ham shu yerda bo‘lsa, oʻzgartirish vaqti…
  4. Sep 30, 2026🚨 #Anthropic Xitoyning GLM-5.3 modelini kiberxavfsizlik vazifalarida sinovdan o‘tkazdi #E…
  5. Sep 29, 2026#07 Zero-day — dastur ishlab chiqaruvchisi hali bilmaydigan yoki tuzatib ulgurmagan zaifli…
  6. Sep 29, 2026🚨 Pentagon tizimida yirik ma’lumotlar sizib chiqishi aniqlandi AQSh Mudofaa vazirligining…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →