🙂Soxta vakansiyalar orqali 7 000 dan ortiq kriptohamyonlardan $10.7 mln oʻgʻirlandi.
🇰🇵 Shimoliy Koreyalik WaterPlum xakerlar guruhi odamlarni soxta vakansiyalar orqali nishonga olib, ishga kirish suhbatlari bahonasida ularning qurilmalarini buzgan. 2025-yil dekabridan 2026-yil iyuligacha ular 7 000 dan ortiq kripto hamyoniga kirish imkoniga ega bo‘lgan.
⚠️ Hujum sxemasi quyidagicha bo‘lgan: xakerlar AI va kriptovalyuta sohasida ish berish uchun mashhur platformalarga vakansiyalar joylashtirgan. Vakansiyaga ariza bergan nomzodlarga soxta ish suhbatining havolasini yuborgan. Suhbat davomida #deepfake texnologiyasidan foydalangan va nomzodlarga test topshirig‘ini bergan. Ushbu topshiriqda phishing saytiga yoki zararlangan repository’ga olib boruvchi havola bo‘lgan.
🎁 Shu yo‘l orqali xakerlar 100 dan ortiq mamlakatdagi 30 000 ta qurilma va 7 000 ta kripto hamyoniga kirish imkoniga ega bo‘lgan. Ushbu kiberhujum natijasida o‘zlashtirilgan mablag‘ning umumiy qiymati 10,7 million dollarni tashkil etgan.
@digitalqala
Post #161
625



- 🤯 10
- ❤ 2