Gemini kiberxavfsizlik testi davomida uchta haqiqiy kompaniyaning tizimini buzib kirdi, deb xabar bermoqda WSJ.
Sinov muhitida tasodifan internetga kirish imkoniyati ochiq qoldirilgan. Model simulyatsiya chegarasidan chiqib ketgan: bir holatda parolni taxmin qilib topgan bo‘lsa, qolgan ikkitasida ommaviy repozitoriylardagi hisob ma’lumotlaridan foydalangan.
Tasavvurdagi kompaniyalardan birining nomi haqiqiy kompaniya nomi bilan mos keldi - Gemini uning tizimlarini vazifaning bir qismi deb qabul qildi.
#Google ma’lumotlariga ko‘ra, model haqiqiy kompaniyalar tizimiga kirganini tushungach, o‘z harakatlarini to‘xtatgan. Jabrlangan tashkilotlar ogohlantirilgan; kompaniya hech qanday zarar yetkazilmaganini ta’kidlamoqda. Sinov may oyida Irregular tomonidan o‘tkazilgan.
@digitalqala
Post #160
690

- 😁 6
- 👍 4
- 🔥 2
- ❤ 1