TGViewer
Channel Public Channel
Digital Generation Uzbekistan

Digital Generation Uzbekistan

@digitalgeneration_uz

O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


✅ Facebook.com/digitalgeneration.uz
✅ Instagram.com/DGUzbekistan
✅ Telegram.me/digitalgeneration_uz
Subscribers
7.06K
Photos
3K
Videos
380
Links
1K

Showing posts older than #3658 · Back to latest

Older Posts 12 shown
Post #3657 1.98K
🔍BUNI BILARMIDINGIZ?

Google 1998-yilda Stanford universitetining ikki talabasi — Larry Page va Sergey Brin tomonidan yaratilgan.

Google’ning ilk nomi "BackRub" bo‘lgan va u internetdagi sahifalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan.

💡Qiziq fakt:
Google kompaniyasining birinchi ofisi oddiy garajda joylashgan edi.

🚀Katta innovatsiyalar ko‘pincha kichik tajribalardan boshlanadi.


—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • 👍 7
  • ❤ 4
  • 🔥 3
Post #3656 2.7K
🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston!

“Raqamli avlod” jamoasi jahon chempionati sari yo‘l olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Butun xalqimiz sizlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Millionlab muxlislarning ishonchi va duosi sizlar bilan.

Biz sizlarga ishonamiz, yigitlar!

G‘alaba sari olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿⚽
Raqamli Avlod jamoasi 💙🤍💚

#RaqamliAvlod #OlgaUzbekiston #MilliyJamoa #TermaJamoa #JahonChempionati #UzbekFootball
—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 14
  • 👍 6
  • 🔥 1
Post #3655 2.97K
#BuniBilarmidingiz

🍎BUNI BILARMIDINGIZ?
Bugungi kunda dunyoning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Apple o‘z faoliyatini 1976-yilda oddiy garajda boshlagan.

Steve Jobs va Steve Wozniak tomonidan yaratilgan ilk mahsulot — Apple I kompyuteri bo‘lib, u qo‘lda yig‘ilgan va atigi 666.66 dollar narxda sotilgan.
💡Qiziq fakt:
Apple’ning ilk logotipida tishlangan olma emas, balki daraxt ostida o‘tirgan Isaak Nyuton tasvirlangan edi.

🚀 Katta muvaffaqiyatlar ko‘pincha kichik qadamdan boshlanadi..


—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 11
  • 👍 5
Post #3654 2.69K
#DG News

🚀 NVIDIA AI-kompyuterlar davrini boshlab bermoqda.

NVIDIA yangi RTX Spark chipini taqdim etdi. Endi sun’iy intellekt modellari internetga ulanmasdan, to’g’ridan-to’g’ri kompyuter yoki noutbukning o’zida ishlashi mumkin.

💡Bu nimani anglatadi?
• Tezroq ishlash
• Ma’lumotlarning yuqori darajadagi maxfiyligi
• Internet bo’lmasa ham AI imkoniyatlaridan foydalanish

Ekspertlar ushbu texnologiyani shaxsiy kompyuterlar tarixidagi eng muhim yangiliklardan biri sifatida baholamoqda.

📌Kelajakda AI yordamchilari, tarjimonlar va kontent yaratish vositalari bulut serverlarisiz ham ishlashi mumkin.

🔗Manba: NVIDIA Newsroom

___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • 🔥 8
  • ❤ 4
Post #3653 2.83K
#DG News

🖥 IT olamidagi eng dolzarb yangiliklar:


⚛️ 1. Kvant kompyuterlari yangi bosqichga chiqmoqda.
IBM va D-Wave kompaniyalari kvant kompyuterlarini amaliy ishlarga tatbiq etish bo'yicha muhim qadamlarni e'lon qildi. Endi bu texnologiya nafaqat laboratoriyalarda, balki dori yaratish, yangi materiallar ishlab chiqish va murakkab hisob-kitoblarda qo'llanilishi kutilmoqda.
🔗 Manbalar:
IBM Newsroom
D-Wave Quantum

🤖 2. Sun'iy intellekt agentlari davri boshlandi.
2026-yilda AI oddiy chatbotdan "aqlli agent"ga aylanmoqda. Yangi avlod AI tizimlari foydalanuvchi o'rniga vazifalarni mustaqil bajarishi, ma'lumot topishi va qaror qabul qilishda yordam berishi mumkin. ⚡️
🔗 Manbalar:
OpenAI News
Microsoft AI

—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • 🔥 8
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #3652 2.56K
👦🏻👧🏻 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

👍 “Raqamli avlod” jamoasi nomidan barcha bolajonlarni ushbu quvonchli bayram bilan samimiy tabriklaymiz. 🎉

Yangi bilimlarni egallashdan charchamang, o’z ustingizda ishlashdan to’xtamang va orzularingiz sari dadil qadam tashlang. Biz sizlarning yorqin kelajagingizga ishonamiz va har bir muvaffaqiyatingizdan quvonamiz.

Sizlarga mustahkam sog’lik, baxtli bolalik va ulkan yutuqlar tilab qolamiz.🎊

Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz bolajonlar!
✨

—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 13
  • 🔥 3
Post #3651 2.57K
🌙🇺🇿Aziz do‘stlar!

👍 “Raqamli avlod ” jamoasi barchangizni muborak Qurbon Hayit ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi! ✨

Ushbu muqaddas bayram qalblaringizni ezgulik va xotirjamlik bilan to‘ldirsin, xonadonlaringizdan fayz-u baraka arimasin. Yaqinlaringiz davrasida o‘tadigan har bir lahza quvonch, mehr va unutilmas xotiralarga boy bo‘lsin.

Doimo tinchlik, baxt va muvaffaqiyat hamrohingiz bo‘lsin!


⸻
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 11
  • 👍 5
  • 👏 1
Post #3650 2.32K
🎓Bugun — unutilmas kun!

25-may…
Maktab hayotining eng hayajonli va eng hissiyotlarga boy sahifasi yakunlanmoqda. Kechagina maktabga ilk qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilar bugun katta hayot sari dadil qadam tashlamoqda.✨

Bugungi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” har bir bitiruvchi qalbida unutilmas xotira bo‘lib qoladi.✅


👍Barcha bitiruvchilarga omad, ulkan zafarlar va porloq kelajak tilaymiz!
Orzularingiz sizni eng baland cho‘qqilarga olib chiqsin! 🔥

___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 4
Post #3647 2.47K
👍Jamoamiz uchun yana bir faxrli yutuq!

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil topganining 8 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan talabalar konferensiyasida mavzuga chuqur yondashgani, muammoni har tomonlama tahlil qilgani hamda ilmiy asoslangan xulosalar bera olgani uchun, "Digital Generation Uzbekistan" NNT matbuot bo'limi kotibi Diyora Ne’matova🏆 “ENG YAXSHI TAHLIL” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

✅Mavzuga chuqur yondashuvi, tahliliy fikrlashi va ilmiy asoslangan xulosalari bilan erishilgan ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz!

Kelgusidagi faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🔥

#tabrik #yutuq #engyaxshitahlil #muvaffaqiyat
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 8
  • 🔥 4
  • 😍 1
  • 🆒 1
Post #3646 2.87K
#DG News

🖥 IT olamidagi eng dolzarb yangiliklar:


🧠 OpenAI yangi ilmiy yutuqni e’lon qildi — kompaniya AI modeli diskret geometriyadagi muhim matematik taxminlardan birini rad etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu sun’iy intellektning ilm-fandagi imkoniyatlari kengayayotganini ko‘rsatmoqda. (OpenAI)

🤖 OpenAI “Daybreak” nomli yangi kiberxavfsizlik platformasini ishga tushirdi. Tizim AI yordamida dasturlardagi xatolarni avtomatik topish va tuzatishga yordam beradi. (TestingCatalog AI News)

🌐 AQSH hukumati Google, Microsoft va xAI kompaniyalari bilan sun’iy intellekt modellarini ommaga chiqarishdan oldin xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Endilikda AI tizimlari kiberxavfsizlik va boshqa xavf omillari bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. (theguardian.com)
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 3
  • 🤯 3
Post #3640 4.56K
📣BMT Bosh kotibi oʻrinbosari
Raqamli avlod markazida


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari, Aholishunoslik jamgʻarmasi — United Nations Population Fund ijrochi direktori Diene Keitaning O'zbekistonga tashrifi doirasida "Ijtimoiy himoya Milliy agentligining Samarqand viloyati bosh boshqarmasi" qoshidagi "Raqamli avlod" Inklyuziv rivojlanish markaziga tashrif buyurdi.

Markazda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o'quv mashg‘ulotlar jarayonini kuzatdi.

Jumladan, tanishuv davomda markaz oʻquvchisi tomonidan “Water Saver Pro” startap loyihasi taqdim etildi. 🤔

Diene Keita o‘quvchilarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi va bilim olishga intilishini yuqori baholadi.⚡️

#OliyMajlis  #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #Zamineducation #ITUzbekistan #Yoshlar

___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 6
  • 🔥 4
Post #3636 2.28K

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keytani qabul qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял заместителя генерального секретаря Организации Объединенных Наций, Исполнительного директора Фонда в области народонаселения (ЮНФПА) Диене Кейту.

#Mirziyoyev #qabul #UNFPA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • ❤ 3
  • 👍 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →