Raqamli avlod markazida
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari, Aholishunoslik jamgʻarmasi — United Nations Population Fund ijrochi direktori Diene Keitaning O'zbekistonga tashrifi doirasida "Ijtimoiy himoya Milliy agentligining Samarqand viloyati bosh boshqarmasi" qoshidagi "Raqamli avlod" Inklyuziv rivojlanish markaziga tashrif buyurdi.
Markazda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o'quv mashg‘ulotlar jarayonini kuzatdi.
Jumladan, tanishuv davomda markaz oʻquvchisi tomonidan “Water Saver Pro” startap loyihasi taqdim etildi. 🤔
Diene Keita o‘quvchilarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi va bilim olishga intilishini yuqori baholadi.⚡️
#OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #Zamineducation #ITUzbekistan #Yoshlar
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook





