Izdosh
“Bizdan yana Beruniylar, Ibn Sinolar, Xorazmiylar chiqadimi?”, degan savol tez-tez qulogʻimizga chalinadi. Shu masalada ayrim mulohazalarimni bildirmoqchiman.
Abu Rayhon Beruniy 18 yoshida yer radiusini hisoblashni boshlagan edi. Yurtdoshimiz Mirjahon shu yoshida Dubay shahrida bo’lib o’tgan 57-xalqaro Kimyo olimpiadasida oltin medalni qo’lga kiritdi.
Aynan xalqaro Kimyo olimpiadasida ketma-ket ikki marotaba oltin medalga egalik qilgan Daler ham bugun 18 yoshda. Abu Ali ibn Sino bu yoshida Buxoro amiri saroyiga tabib sifatida qabul qilingan edi.
Nodirabegim 24 yoshida olim va shoirlarni saroy atrofiga to’plab, adabiyot va ma’rifatni rivojlantirish yo’lida xizmat qilgan. Kimyo fani bo’yicha O’zbekiston terma jamoasining treneri Mohira Boltayeva ham aynan shu yoshida o’nlab o’quvchilarni nufuzli olimpiadalarga tayyorladi va ilm-fan sohasida millioner oʻqituvchiga aylandi.
Aristotel asarlariga sharhlar yozishni boshlagan vaqtida Farobiy 17 yoshda edi. Shu yoshni qarshilagan Behruz esa Avstraliyada o‘tgan 66-xalqaro Matematika olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shu olimpiadaning yana bir kumush medalini qoʻlga kiritgan Elbek esa 16 yoshda tarixiy natija qayd etdi. Al-Xorazmiyning Bag’dodda “Baytul hikma”ga kirib borgan yoshini eslang.
Nazarimda bu yoshlarimiz buyuk ajdodlarimiz bosib o‘tgan tarixning munosib va haqli izdoshlariga aylanmoqda.
“Najot” loyihasi doirasida tasvirga olingan navbatdagi “Izdosh” filmimizda aynan mana shu yoshlar haqida hikoya qilinadi. Men ishonaman davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta’lim-ilmga e’tibor, qoʻllab-quvvatlash mana shu yoʻsinda davom etsa bizdan buyuk ajdodlarimizning munosib izdoshlari chiqadi. Muhimi har bir iste’dod, yuksak bilim egasi boʻlgan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash, munosib sharoit yaratishdan bir on boʻlsa-da toʻxtamasligimiz kerak!
Ma’lumot uchun, 2025-yilda Xalqaro fan olimpiadalaridagi ko‘rsatkichlarimiz tarixdagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi.
Yoshlarimiz Xalqaro kimyo, matematika, informatika va fizika olimpiadalarida 2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Ertaga bu qahramonlarimizni taqdirlaymiz. Nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin – 1 mlrd 30 mln so‘m (BHMning 2500 baravari);
2-oʻrin – 618 mln soʻm (BHMning 1500 baravari);
3-oʻrin – 412 mln soʻm (BHMning 1000 baravari).
Tarixiy natijalar uchun ota-onalarga va ustozlarga cheksiz rahmat aytaman.
Filmni barchangiz, albatta, tomosha qiling: https://youtu.be/Mk5a8Fv4HZQ
@hilola_umarova
Post #3323
2.9K