Varshavada bo‘lib o‘tayotgan “Warsaw Human Dimension Conference” xalqaro konferensiyasida “Raqamli avlod qizlari” loyihasi koordinatori Muhlisa Mamajonova ma’ruza bilan ishtirok etdi.
“Yangi O‘zbekistonda gender tengligi: qonuniy kafolatlardan amaliy imkoniyatlargacha” mavzusidagi ma’ruza davomida Raqamli avlod qizlari loyihasi tajribasi va erishilgan natijalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
📈 O‘tgan yili 50 ming nafar qizni qamrab olishni maqsad qilgan loyihamizga bu yil 92 mingdan ortiq qiz ariza topshirdi!
Bu natija xalqaro minbarda ham taqdim etilib, qizlarning raqamli ta’lim va texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlarimiz namoyon etildi.
#OliyMajlis #Fond #Raqamli_Avlod_Qizlari #OSCEConference
#GenderEquality
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook