Qo'shimcha ishlash(overtime)
So'nggi paytlarda maslakdoshlarimdan shu masalada ko'p etirozlar eshityapman. Bazan ish beruvchilar hodimlarni qo'shimcha ishlashga(overtime) majburlash holatlari kuzatilayotgan ekan. Ustiga ustak bu vaqtlar uchun maosh ham to'lanmas ekan.
Bu holat bir paytlari o'zimning ham boshimdan bir necha marotaba o'tgani va har gal bu menga juda qattiq salbiy tasir qilgani uchun shu mavzu haqida yozishga qaror qildim.
Bu mavzuda bir qancha tomonlar bor, keling birgalikda bir-bir o'tib chiqaylik.
Masalaning birinchi tomoni, bu holat sabab hodimning foydali ish koeffisiyenti tushib ketadi(burnout). Bu masalaning eng dolzard tomoni, chunki bunda har ikki tomon zarar ko'radi. Ishdan keyin qo'shimcha soatlarda yoki shanba/yakshanba kunlari majburiy ishlatilgan hodimning keyingi kun/haftadagi ish unumdorligi keskin tushib ketadi (bazan hodim juda yosh bo'lsa bu sezilmasligi mumkin, ammo bu holat bir muddat davom etgandan keyin albatta seziladi), natijada bundan biznes ham zarar ko'radi.
Masalaning ikkinchi tomoni, bunaqa tajriba hodimga psihologik jihatdan salbiy tasir ko'rsatadi va hodim sekin-asta boshqa kompaniya qidirishga tushadi, alal oqibat qayerdandir hatto pastroq oylikka bo'lsa ham ish chiqadi va hodim kompaniyani tark qiladi. Natijada kompaniya hodimdan ayriladi. Yangi hodimni qidirib topish, uning unumli ishga tushib ketishi esa biznes uchun ham vaqtdan ham moliyaviy jihatdan zarar yetkazadi.
Masalaning uchinchi tomoni, bunaqa holat bilan ishdan ketgan hodim kompaniya haqida hech qachon ijobiy gapirmaydi, natijada kompaniyaning sohadagi obro'si tushib ketadi va tajribali hodim hech qachon bunaqa kompaniyaga ishga kelmaydi. Yana kompaniya zararda.
Masalaning to'rtinchi tomoni, bir insonni o'z roziligisiz yoki muhtojlik holatidan foydalanib qo'shimcha ishlashga majburlash na insoniy va na shar'iy tomondan to'gri bo'lmaydi. Bu ish hodimga nisbatan shar'an zulm hisoblanadi. Bunaqa biznesdan baraka ko'tariladi.
Endi masalaning sabablariga kelsak. O'zi nega bu tajriba qo'llaniladi?
Odatda har qanaqa biznes/reja "vaqt tahmin"(estimation)lariga asoslanadi. Mana shu "vaqt tahmin"larni togri hisob-kitob qilish odatda boshqaruv(management)ning zimmasida bo'ladi. Agar shu bosqich noaniq bajarilsa (yoki umuman bajarilmasa), boshqaruv ozi qilgan xatolarni qoplash uchun mazkur tajribaga murojaat qiladi. Yani qo'pol qilib aytganda boshqaruvning xatolarini hodimlar qoplashi kerak bo'lib qoladi.
Endi masalaning yechimiga kelsak. Bunaqa holatlarning oldini olish uchun boshqaruv bilan shug'ullanadigan qatlamga maslahatim o'zingizning sohangiz bo'yicha biron joyda bilim oling yoki malaka oshiring. "Biznesni boshqaruv" yoki "Proyektni boshqaruv" degan fanlar bor, bular bo'yicha universitetlarda yo'nalishlar va markazlarda kurslar bor. O'zingizning malakasizligingiz uchun boshqalarni qiynashdan voz keching.
@dev_thinking_loud