TGViewer
Dev thinking loud Dev thinking loud @dev_thinking_loud · 1.61K subscribers
Post #139 1.75K
Semantic HTML

Web dasturlarning strukturasini yasayotganda muhim qadamlardan biri to’gri elementlarni tanlash hisoblanadi.
Bazi saytlarga kirib devtoolsni ochib qaralsa asosan div va span elementlardan tashkil topgan bo’ladi. Balki muallifi HTML semantikasini yaxshi bilmas, balki unga bunday talab ham qoyilmagandir(o’zi bunaqa talab qoyilishiga ehtiyoj bormikin?), lekin bu tashlab o’tib ketiladigan mavzu emas, menimcha.

Semantic HTML deb “content parcha”si bilan birga faqat funksionalning ozi emas balki unga tegishli mano/mohiyat (bu yerda osha “content parcha”sining mazkur documentga nisbatan munosabati nazar tutilgan) ham birga kelishiga aytiladi. Aytaylik documentga “Hello World” degan matn bor, agar uni h1 elementga o’rasak u content bu document uchun birlamchi heading vazifasini bajaradi (Headinglarga tegishli qoidalar bor). Agar bu contentni div elementga o’rasak, bu shunchaki manosiz content bo’ladi.

Shu o’rinda aytib o’tishimiz kerak, tag elementlar hech qachon browser ularga bergan default “style”lar bilan tanlanmaydi, chunki “style”lar istalgan vaqtda istalgan shaklda “override” qilinishi mumkin.

Semantic elementlar ishlatishning quyidagi afzalliklari bor:
- Functionality. Togri element bilan togri funksional keladi. Masalan div yoki spandan to’laqonli button yoki a yasashning imkoni yoq.
- Accessibility. Bazi elementlarda imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilar uchun qulayliklar bor. O’rniga div va span ishlatish ularning sayt bilan muloqotini qiyinlashtiradi.
- SEO. Search enginelar togri semantika bilan tuzilgan saytlarni yuqoriroq baholaydi(divlar o’rniga main, section, aside, nav, header, footer…)
- Easy testing. Semantic elementlarni ishlatish elementlarni testlarda togri topib olishni osonlashtiradi va test id (darvoqe, test idlarni ishlatish antipatternligini bilarmidingiz?) larga ehtiyojlarni keskin kamaytiradi.

Savol: ohirgi marta ul (unordered list) o'rniga qachon ol (ordered list) elementini ishlatgansiz va ularning qanday farqi bor?

@dev_thinking_loud
  • 👍 34
  • ❤ 2
More from @dev_thinking_loud
  1. Jun 14, 2026TDD, PP va AI Bir oralar Birlashgan Qirollikdan inglizlar bilan bir proyektda birga ishlad…
  2. May 4, 2026Assalamu alaykum! Bir muddat uzilishdan keyin video darslarni davom etish uchun imkon payd…
  3. Apr 22, 2026“Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton bo‘lib o‘tadi 25–26-apre…
  4. Feb 6, 2026Post #537
  5. Feb 5, 2026Claude Opus 4.6 va GPT 5.3 Codex Bugun yuqorida zikr etilgan ikki AI model release bo’ldi.…
  6. Dec 9, 2025System design concepts Interviewlarga tayyorlanayotgan middle va senior darajadagi dasturc…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →