O‘zbekistonda Gemini AI Plus obunasi talabalar uchun 1 yilga bepul bo‘ldi
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu orqali talabalar aileaders.uz platformasi orqali Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, Google Gemini AI Plus xizmatidan bepul foydalanishi mumkin.
@daryo_live
Post #147924
12.4K
