Tailand qirolichasi Sutxida Vachiralongkorn ilk bor JAS 39C Gripen qiruvchi samolyotini mustaqil ravishda havoga koʻtardi
Qirolicha parvozdan oldin samolyotni shaxsan tekshirgan. Uning havoga koʻtarilishi va qoʻnishini turmush oʻrtogʻi — Tailand qiroli Maha Vachiralongkorn kuzatib turgan. Qoʻnishdan soʻng qirol rafiqasini guldasta bilan kutib olgan va unga Gripen Order Golden Patch nomli oltin nishonni topshirgan.
@daryo_live
Post #147962
5.29K