TGViewer
Cyber University Cyber University @cyberuni_uz · 5.4K subscribers
Post #3606 1.39K
🛡 Kiberxavfsizlikka ehtiyoj ortib bormoqda: 9 oyda qariyb 70 ming kiberjinoyat

Raqamli xizmatlar hayotimizga tobora keng kirib borar ekan, kiberxavfsizlik bo‘yicha malakali mutaxassislarga ehtiyoj ham ortmoqda. Ayni paytda har bir fuqaroning raqamli muhitdagi xavflarni tanishi va ulardan himoyalana olishi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

🔺 9-oktabr kuni Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida e’lon qilingan raqamlar ushbu masalaning ko‘lamini ko‘rsatdi. Vazir o‘rinbosari Ramazon Ashropovning ma’lum qilishicha, 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida axborot texnologiyalaridan foydalanib 69 962 ta jinoyat sodir etilgan. Ularning asosiy qismi fuqarolarning pul mablag‘larini bank kartalari va elektron to‘lov tizimlari orqali qo‘lga kiritish bilan bog‘liq.

💰 Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Sagdullayevning bildirishicha:

➡️ fuqarolar yo‘qotgan mablag‘lar 1 trillion so‘mdan oshgan;
➡️ jabrlanuvchilarga qariyb 210 milliard so‘m qaytarilgan.

Anjuman arafasida e’lon qilingan murojaatida Ramazon Ashropov O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi chet davlatlardan turib amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Bu esa raqamli tahdidlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik, mutaxassislar tayyorlash va aholining xabardorligini oshirish naqadar muhimligini ko‘rsatadi.

🔸 Matbuot anjumanida zararli APK-fayllar hamda Telegram’da soxta “ovoz bering” havolalari orqali akkauntlarni egallab olish holatlariga alohida e’tibor qaratildi. Egallangan akkauntlardan uning egasi nomidan pul so‘rash va boshqa foydalanuvchilarni aldash uchun foydalanilishi mumkinligi qayd etildi. Jurnalist va blogerlar ushbu xavflarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarida faol qatnashishga chaqirildi.

Bunday sxemalarda foydalanuvchini aldash, uning ishonchidan foydalanish va shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish asosiy o‘rin tutadi. Shu bois shubhali fayllarni o‘rnatmaslik, havolalarni tekshirish, tasdiqlash kodlarini oshkor etmaslik va akkauntlarni himoyalash kabi kibergigiyena ko‘nikmalari kundalik zaruratdir.

⚡️ Kibergigiyena

Shu o‘rinda, Cyber Universityning aholining raqamli savodxonligini oshirish borasida olib borayotgan ishlarini ham qayd etish o‘rinli. Universitet talabalari tomonidan respublikamizning turli hududlarida mahalla aholisi hamda ta’lim muassasalari vakillari uchun kibergigiyena bo‘yicha seminar va tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi.

⚡️ Mazkur uchrashuvlarda aynan internet firibgarligini aniqlash, zararli havola va xabarlardan ehtiyot bo‘lish, ishonchli parollar yaratish, bank kartasi ma’lumotlari va SMS-kodlarni himoyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bu bilimlarni hududlarda aholiga yetkazish — Cyber Universityning xavfsiz raqamli muhitni shakllantirishga qaratilgan ishlarining muhim qismidir.

For reading in English
Для чтения на русском

Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin
  • 🔥 9
  • ❤ 6
  • 💯 2
  • 🏆 2
  • 🆒 1
More from @cyberuni_uz
  1. Oct 10, 2026Post #3605
  2. Oct 10, 2026#HuaweiOʻzbekiston Huawei O‘zbekiston talabalarini har yili o‘tkaziladigan “Huawei ICT Com…
  3. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
  4. Oct 9, 2026Post #3602
  5. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisid…
  6. Oct 9, 2026Post #3598
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →