TGViewer
Cyber University Cyber University @cyberuni_uz · 5.4K subscribers
Post #3604 1.24K

Forwarded from Edu.uz

#HuaweiOʻzbekiston

Huawei O‘zbekiston talabalarini har yili o‘tkaziladigan “Huawei ICT Competition 2026–2027” xalqaro AKT tanlovida ishtirok etib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishga taklif qiladi!

Tanlov YUNESKOning Ta’limda axborot texnologiyalari instituti (UNESCO IITE) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Avvalgi tanlovda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini ham qamrab olgan holda, 100 ta mamlakat va hududdagi 2 000 dan ortiq oliy ta’lim muassasasidan 220 000 nafardan ziyod talaba va o‘qituvchi ishtirok etdi. Milliy va mintaqaviy saralash bosqichlaridan so‘ng 49 ta mamlakat va hududdan 177 ta jamoa joriy yil iyun oyida Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan global final bosqichiga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston talabalari Huawei ICT Competition 2025–2026 tanlovining Practice Competition yo‘nalishida faxrli o‘rinlarni egalladilar.

Jahon maydonida o‘z iste’dodingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.


Ro‘yxatdan o‘tish

Tanlov shartlari va batafsil ma’lumot:

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 4
More from @cyberuni_uz
  1. Oct 10, 2026🛡 Kiberxavfsizlikka ehtiyoj ortib bormoqda: 9 oyda qariyb 70 ming kiberjinoyat Raqamli xi…
  2. Oct 10, 2026Post #3605
  3. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
  4. Oct 9, 2026Post #3602
  5. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisid…
  6. Oct 9, 2026Post #3598
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →