🛡
Mutaxassisimiz ICS/SCADA - sanoat tizimlarida kiberxavfsizlikni ta'minlash bo'yicha sertifikatlandi (POISE), OT-tizimlarini himoya qilish tajribasini kuchaytirdiRaqamli davrda sanoat tizimlari (Neft-gaz sanoati, Konchilik va metallurgiya, Mashinasozlik, Energetika sohalari) kibertahdidlarning asosiy nishoniga aylanmoqda. Mashhur bunday kiberxujumlarga, misol:
🔸 Stuxnet (Siemens PLC manipulyatsiyasi orqali yadroviy ob'ektlarda sentrifuglarni yo'q qilish)
🔸TRITON (neft-kimyo sohasida Triconex SIS xavfsizligini o'chirish hujumi)
🔸Industroyer2 (elektro stansiyalari uchun modulli zararli dastur, energiya tizimlarini uzib qo'yish)
🔸PipeDream (quvurlar va energetika uchun OT-hujumlarning ko'p bosqichli freymvorki) ma'lumot o'g'irlashdan jismoniy sabotajgacha evolyutsiyani ko'rsatmoqda.
Bu kabi APT-hujumlari protokollar (Modbus, DNP3) va air-gapped tarmoqlardagi zaifliklarni ishlatib, muhim infratuzilmani falaj qilishi mumkin, puxta o'ylangan va maqsadli bunday xujumlar har qanday tashkilotga jiddiy xavf tug'diradi.
❗️
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyamiz xodimlari jiddiy va kritikal ana shunday obyektlarni mukammal kiberxujumlarga bardoshliligini o'rganish va zaifliklarni aniqlash, ularni erta bartaraf etish bo'yicha doimiy o'z bilimlarini oshirib borishadi va navbatdagi amaliy o'quv kursi ham aynan shunga qaratildi.🤝 Bizning
hayotiy kiberxujumlarga testlash xizmatimiz orqali, har qanday tashkilot infratuzilmalariga qisqa vaqt ichida haqiqiy baho beramiz, hamda aniqlangan kamchilik bo'yicha aniq yechimlar taklif etamiz. Bundan tashqari AyTi va xavfsizlik xodimlaringizni mukammal va tezkor kiberinsidentlarga javob berishga
tayyorlaymiz.
📩 Biz bilan bog'laning: cyberbro@exat.uz | info@cyber-bro.uz
🇺🇿 CYBER-BRO - Xavfsiz kiber sarhadlar sari!X -
Telegram -
Linkedin -
Youtube