TGViewer
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi @cyberbrosecurity · 2.68K subscribers
Post #381 3.6K
🛡 Mutaxassisimiz ICS/SCADA - sanoat tizimlarida kiberxavfsizlikni ta'minlash bo'yicha sertifikatlandi (POISE), OT-tizimlarini himoya qilish tajribasini kuchaytirdi

Raqamli davrda sanoat tizimlari (Neft-gaz sanoati, Konchilik va metallurgiya, Mashinasozlik, Energetika sohalari) kibertahdidlarning asosiy nishoniga aylanmoqda. Mashhur bunday kiberxujumlarga, misol:

🔸 Stuxnet (Siemens PLC manipulyatsiyasi orqali yadroviy ob'ektlarda sentrifuglarni yo'q qilish)
🔸TRITON (neft-kimyo sohasida Triconex SIS xavfsizligini o'chirish hujumi)
🔸Industroyer2 (elektro stansiyalari uchun modulli zararli dastur, energiya tizimlarini uzib qo'yish)
🔸PipeDream (quvurlar va energetika uchun OT-hujumlarning ko'p bosqichli freymvorki) ma'lumot o'g'irlashdan jismoniy sabotajgacha evolyutsiyani ko'rsatmoqda.

Bu kabi APT-hujumlari protokollar (Modbus, DNP3) va air-gapped tarmoqlardagi zaifliklarni ishlatib, muhim infratuzilmani falaj qilishi mumkin, puxta o'ylangan va maqsadli bunday xujumlar har qanday tashkilotga jiddiy xavf tug'diradi.

❗️CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyamiz xodimlari jiddiy va kritikal ana shunday obyektlarni mukammal kiberxujumlarga bardoshliligini o'rganish va zaifliklarni aniqlash, ularni erta bartaraf etish bo'yicha doimiy o'z bilimlarini oshirib borishadi va navbatdagi amaliy o'quv kursi ham aynan shunga qaratildi.

🤝 Bizning hayotiy kiberxujumlarga testlash xizmatimiz orqali, har qanday tashkilot infratuzilmalariga qisqa vaqt ichida haqiqiy baho beramiz, hamda aniqlangan kamchilik bo'yicha aniq yechimlar taklif etamiz. Bundan tashqari AyTi va xavfsizlik xodimlaringizni mukammal va tezkor kiberinsidentlarga javob berishga tayyorlaymiz.

📩 Biz bilan bog'laning: cyberbro@exat.uz | info@cyber-bro.uz

🇺🇿 CYBER-BRO - Xavfsiz kiber sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
  • 🔥 16
  • ❤ 5
  • 👏 3
  • 🏆 2
More from @cyberbrosecurity
  1. Oct 5, 2026🔥 AVANGARD ning yangi soni chiqdi! Yangilanishda: 🟣Clipboard Manager — clipboard’dagi ma…
  2. Oct 1, 20261-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 CYBER-BRO jamoasi nomidan barcha ustoz v…
  3. Sep 26, 202626-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.
  4. Sep 25, 2026✅ SOC - Security operation center va bu xizmat atrofidagi mif'lar haqida posterda tanishin…
  5. Sep 24, 2026💥 Ogohlantiraman!, yangilandi — v1.7.2 Chrome uchun bepul xavfsizlik kengaytmamiz endi sa…
  6. Sep 23, 2026⚠️ n0n kiberjinoyatchi guruhining darknetdagi sahifasida O‘zbekistondagi fintech kompaniya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →